XXRDA KADRLAR SIYOSATI ISLOHOTLARNING HARAKATLANTIRUVCHI KUCHI
Muhim iboralar:
kadr, siyosiy tizim, syezdAnnotatsiya
Xitoy Xalq Respublikasida islohotlarning boshlanganligiga 41 yil toʻladi. 1978-yilda XKPning navbatdan tashqari boʻlib oʻtgan XI chaqriq, 3 plenumida jamiyatning toʻrta asosiy bugʻuni: ogʻir sanoat, qishloq xoʻjalik, fan–texnika va harbiy sohani modernizatsiyalash haqidagi tarixiy hujjat qabul qilingan edi.
XXRda islohotlarni amalga oshirilgan tajribalar jamiyat taraqqiyoti uchun kadrlar masalasi hal qiluvchi omil ekanligini koʻrsatib berdi. Maqolada, Xitoyda kadrlar masalasi bilan bogʻliq madaniy-anʼanalar, XIX–XX asr Xitoy mutafakkiri Xu Shi, shuningdek, rus tadqiqotchilarining xitoydagi kadrlar tizimini oʻrganishga bagʻishlangan ishlari, XXRning kadrlar tizimiga oid XKP syezdida qabul qilingan materiallar, kadrlar masalasini hal etishga doir qabul qilingan nizom va dasturlar, kadrlarni tanlash mexanizmlari, kadrlar tizimida mavjud korrupsiyaga qarshi kurash, XXRning islohotlar meʼmori Den Syaopin va XXRning amaldagi davlat rahbari Si Jinpinning kadrlar toʻgʻrisidagi amaliy – gʻoyaviy qarashlari, XXR Konstitutsiyasida kadrlarga oid qabul qilingan qonunlar va uning amaldagi ijrosi, XKP tomonidan 2012-yilda kadrlar faoliyatiga tegishli “sakkiz banddan iborat qoidalar” roʻyxati oʻrganiladi.
XXRning kadrlar siyosiy tizimini oʻrganishda: qiyosiy–tarixiy, emprik, faktologik, ivent–tahalil metodlaridan foydalanildi. Xitoy, gʻarb, rus tillarda, shuningdek, soʻnggi yillarda internet sahifalarida chop etilayotgan resurslardan keng koʻlamda foydalanildi.