+998712334521 nashriyot@tsuos.uz
Impact Factor
6.978
Country
Uzbekistan

SHARQIY TURKISTONDA BUDDIZM TARIXIGA OID YOZMA MANBALARDAN OLINGAN DALILLAR

muallif

  • NATALIYA KARIMOV tarix fanlari doktori, professor, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti

Muhim iboralar:

Buddizm, Hindiston, Markaziy Osiyo

Annotatsiya

Maqolada Sharqiy Turkistonda buddaviylikning tarqalishi tarixi va Turfan voha­sidagi buddaviylik yodgorliklari oʻrganiladi. Shuningdek, Dunxuandagi gʻorlarda joylashgan buddaviy­likka oid majmualarining buddaviylik ziyorati uchun ahamiyati ham koʻrsatib oʻtilgan. Hindistonda din va falsafiy taʼlimot sifatida paydo boʻlgan Buddizm keyinchalik oʻz vatanidan tashqarida tarqala boshlangan. Markaziy Osiyo qadimgi Hindiston va Xitoy oʻrtasidagi almashinuvlarda asosiy rol oʻynagan. Buyuk Ipak yoʻli boʻylab Buddizm Oʻrta Osiyo orqali tarqalib, Xitoydagi buddizmning markazi Dunxuanggacha yetib borgan. XX asrning boshlarida bu yerda buddist rohiblar va ziyoratchilar tomonidan Hindiston va Markaziy Osiyoga oid qoʻlyozmalar, haykallar va freskalar bilan koʻplab gʻorlar topilgan. Buddizmning mintaqadagi taʼsiri eramizning birinchi asrlaridan boshlab sezila boshlangan. Uygʻur buddizmi oʻzining ilk rivojlanish bosqichida asosan Toxar va Xitoy buddizm taʼsiri ostida boʻlgan. Zotan, XI asrdan boshlab uygʻurlarning aksariyat qismi buddizmga eʼtiqod qila boshlagan, uygʻur buddizmi esa barcha jabhalarda va xilma-xil rivojlanishga yuz tutdi.

Uygʻur ziyorati haqida biz uygʻur ziyoratchilarining saqlanib qolgan qadimiy yozuvlaridan bilib olamiz. Qadimgi uygʻur tilidan Xitoy tiliga tarjima qilingan buddaviylikka oid manba bu Syuan Szanning biografiyasi hisoblanadi. Ziyoratchilar tomonidan ziyorat qilishga intilayotgan turli muqaddas joylar katta diniy ahamiyatga yega. Xitoy Buddizmining bunday qadamjolari orasida Utay togʻi  ham bor. Utay togʻining diniy ahamiyati haqida  Dunxuandagi gʻorlardan topilgan ziyoratchilarning qadimgi uygʻur yozuvla­rida qayd yetilgan. Dunhuandan topilgan katta miqdordagi yozma manbalar buddaviylikka oid qimmatli maʼlumotlarni qamrab olgan bilan Dunxuan gʻorlari majmuasi buddaviylik ziyoratining ahamiyatini yanada oshiradi.  Sanskrit, toxar, suriya, soʻgʻd, eski uygʻur va xitoy tilidagi koʻplab manbalar Turfan vohasiga turli millatlarning ziyorat uchun kelganligini yana bir bor tasdiqlaydi.

Загрузки

Nashr etilgan

2022-09-28

Ushbu son

Soha

Articles

Tashkent Uzbekistan
nashriyot@tsuos.uz
Call : +998712334521