XITOY TILINI O‘RGATISHDA TALABALARNING MADANIYATLARARO KOMMUNIKATIV KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH METODIKASINI ISHLAB CHIQISH MASALASI TO‘G‘RISIDA
Muhim iboralar:
madaniyatlararo muloqot kompetensiya, metodika, madaniyatlararo mulo¬qotAnnotatsiya
Globallashuv, polimadaniyat kabi faol jarayonlar bilan tavsiflangan zamonaviy postindustrial dunyo sharoitida talabalarning kognitiv fikrlash jarayonlarini hisobga olgan holda xitoy tilini oʻqitishda talabalarning madaniyatlararo kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini yaratish, uning ajralmas qismiga aylanadi. Taqdim etilgan tadqiqotning dolzarbligi uning muhim ilmiy muammoni — xitoy tilini oʻqitishda talabalar oʻrtasida madaniyatlararo kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishni oʻrganishga bagʻishlanganligi bilan belgilanadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston Respublikasining oliy taʼlim muassasalarida xitoy tilini asosiy til sifatida oʻrganayotgan 3-4-kurs filolog-talabalarning chet tillari madaniyatlararo kompetensiyasining rivojlanish darajasining yakuniy sifat va miqdoriy tavsiflari hamda oʻquv eksperimentining asosiy natijalari keltirilgan. Muallifning xitoy tilini oʻqitishda talabalarning chet tillari madaniyatlararo kompetensiyasini rivojlantirish metodikasi oʻqish va yozish orqali tanqidiy fikrlashni rivojlantirishning pedagogik texnologiyalari asosida bayon etilgan. Talabalarning chet tili madaniyatlararo kompetensiyasini rivojlantirish boʼyicha ishlab chiqilgan metodikaning samaradorligi toʼgʼrisida statistik maʼlumotlar keltirilgan. Taklif etilayotgan mualliflik metodikasinig mohiyati, mazmuni va bosqichlari ochib berilgan