"O'QISH" SO'ZIGA XITOYCHA EKVIVALENTLARNING SEMANTIK QATORI
Muhim iboralar:
sinonimik qator, oʻqimoq” soʻzi, 读, 看, 念,Annotatsiya
Mazkur maqola “oʻqimoq” soʻzining xitoycha ekvivalentining semantik qatoriga bagʻishlangandir. Hamma tillarda maʼnosi yaqin boʻlgan soʻzlar mavjud boʻladi. Maʼnosi yaqin boʻlgan soʻzlarni sinonim deb atashadi. Oʻz oʻrinda sinonimlar sinonimik qatorlarni tashkil etishadi. Sinonimlarni mensimaslik noaniq yoki notoʻgʻri tarjimalarni vujudga kelishiga sabab boʻladi. Shuning uchun sinonimik qatorlarni aniqlash va tadqiq etish dolzarb masaladir. Maqolada sodda va murakkab strukturali sinonimik qatorlar ajratiladi. Sodda sinonimik qatorga 读, 看, 念 uchta soʻzni kiritish mumkin. Ularning ichida dominanta 读 soʻzi boʻladi. Murakkab sinonimik qatorga esa yuqorida keltirilgan, dominant sifatida, uchta soʻz ishtirokida yasalgan qoʻshma soʻzlar kiritiladi. Maqolada Se Xunxua xitoy olimining oʻziga xos yondashuvi haqida ham soʻz yuritiladi. “Oʻqimoq” soʻzini tahlil qilish doirasida olim看kàn i 看书kàn shū soʻzlarini ritmik miqdoriy jihatdan differensiyalashgan sinonimlar deb qarashni taklif qiladi.
Xitoy tilida bir boʻgʻinli soʻzlar koʻpincha ikki boʻgʻinlilarga nisbatan kengroq maʼno spektiriga ega boʻladi. Shu sabali soʻzni ikki boʻgʻinliga aylantirish maqsadi maʼnoni anqroq qilish va individuallashtirishdir. Bu oʻz oʻrinda til kommunikatsiya jarayonida chalkashliklarni oldini oladi. Biroq konkret til holatlarida, aniq konteks mavjud boʻlgan paytda va har qanday boshqa maʼno chiqish imkoni boʻlmaganda, til vositalarini tejash maqsadida koʻpincha bir boʻgʻinli soʻzlar ishlatiladi.
Xulosada rus yoki boshqa tillardan xitoy tiliga tarjima qilish jarayonida albatta bitta maʼnoni anglata oladigan sinonim qatorlarni inobatga olish kerakligi tavsiya etiladi, hamda soʻzning nafaqat stilistik, balki funksional-grammatik qoʻllash omillarni inobatga olish lozim.