XITOY VA O‘ZBEK TILLARIDA EVFEMIZMLARNING LISONIY VA MADANIY XUSUSIYATLARI
Muhim iboralar:
evfemizm, tabu, lingvokulturologiyaAnnotatsiya
Zamonaviy xitoy va oʻzbek tilshunosliklarida, tilni, xususan, leksikani semantik, lingvomadaniy jihatdan oʻrganishga diqqat qaratilmoqda. Xitoy tilshunosligida ham, oʻzbek tilshunosligida ham evfemizmlarning kelib chiqishi, semantikasi, qanday til birliklari bilan ifodalanishi borasida ilmiy va amaliy ishlar bajarilgan, biroq xitoy va oʻzbek tillaridagi evfemizmlar chogʻishtirib oʻrganilmagan. Sharq madaniyatining gavharlari hisoblangan xitoy va oʻzbek xalqlari oʻziga xos mentalitet va dunyoqarashga ega boʻlsa ham, ularning tillarida oʻzaro yaqin, oʻxshash mavzudagi evfemizmlar mavjud. Bunday evfemizmlarni lingvomadaniy jihatdan oʻrganish natijasida xitoy va oʻzbek tillarining oʻziga xos, ayni paytda, har ikkisi uchun umumiy, yaqin jihatlarni aniqlash imkoni tugʻiladi. Pirovardida xitoy va oʻzbek xalqlari oʻrtasidagi madaniy va maʼnaviy aloqalarning rivojlanishiga xizmat qiladi. Shu jihatdan xitoy va oʻzbek tillari evfemizmlarining semantik va lingvomadaniy tadqiqi dolzarblik kasb etadi.