ВОЗНИКНОВЕНИЕ И ПОСТЕПЕННОЕ РАЗВИТИЕ РЕАЛИСТИЧЕСКОЙ ИСТОРИИ В КУВЕЙТЕ
DOI:
https://doi.org/10.37547/ot/vol-02-04-01Ключевые слова:
страны Персидского залива, бурное развитие, журнал «Аль-Баян»(البيان), кувейтская новеллистика, эволюция развития, вторая половина ХХ века, постепенное развитие, реализм, сентиментализм, романтизм.Аннотация
Arab adabiyotining yangilanish davri, yaʼni anʼanaviy oʻrta asr adabiyotidan yiroqlashishi hamda jahon adabiyotining gʻoyaviy-badiiy tajribasini oʻzlashtirish jarayoni XIX asr oʻrtalarida avval Misr, Lubnon va Suriyada, bir oz keyin Iroq va Magʻrib arab mamlakatlarida boshlandi. Koʻrfaz arab mamlakatlari bu jarayonga ancha kechroq, Quvayt va Bahrayn XX asr ikkinchi yarmidan, Qatar, BAA va Ummon esa 70-yillardan qoʻshildilar. Maʼrifatchilik harakati Quvayt va Bahraynda ancha sust oʻtdi, arab adabiyotida asosiy yoʻnalish maʼrifatparvarlik realizmi, sentimentalizm va qisman romantizmning unsurlari bilan uygʻunlashib ketgan edi. Ammo ikkinchi jahon urushidan soʻng, Koʻrfaz mamlakatlarida roʻy bergan keskin ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy oʻzgarishlar koʻp jihatdan maʼrifatparvarlik mafkurasini chetga surdi va bu yerda adabiyot rivojlanishining asosiy tamoyili ijtimoiy-ahloqiy tus olgan realizm boʻlib qoladi. Koʻrfaz adabiyotlarida voqelikni oʻzlashtirishning realistik uslubini tarqalishida madaniy rivojlangan arab mamlakatlari ziyolilari bilan aloqalarning faollashuvi hamda umumarab axborot maydonining, yaʼni nashriy matbuot, radio, televideniyaning jadallashgan rivoji ulkan rol oʻynadi.Realistik yoʻnalish rivojlanar ekan, aynan shu bosqichida arab adabiyotida zamonaviy adabiyotning hikoya, ocherk, roman va pyesa kabi janrlari shakllandi. Bu asarlar matnida bir paytning oʻzida yorqin ifodalangan milliy chizgilar ham yuz koʻrsatdi; bular madaniyat, maishiy turmush, ijtimoiy-siyosiy hayotga xos xususiyatlar hamda voqelik bayonida arab tili mahalliy shevalarining qoʻllanilishi bilan belgilanadi.