“NAVOIY” ROMANI TURKCHA TARJIMALARIDA FRAZEOLOGIZMLARNING BERILISHI
DOI:
https://doi.org/10.37547/ot/vol-03-03-13Muhim iboralar:
roman, frazeologizm, maqol, ekvivalent, muqobil tarjima, xos so‘z, badiiy tarjima.Annotatsiya
Ushbu maqola atoqli o‘zbek adibi Oybekning “Navoiy” romani turkcha tarjimalarida frazeologizmlar mavzusiga bag‘ishlanadi. Maqolada tarjimalarning yutuq va kamchiliklari tahlillar orqali yoritib beriladi. Ahsan Batur va Shuayip Karakash tomonidan ikki marta amalga oshirilgan tarjimalarda milliylikning aks etishi, xos so‘zlarning berilishi, ekvivalent va muqobil so‘zlardan qay darajada foydalanilgani yoritib beriladi.
O‘zbekistonning Turkiya Respublikasi bilan to‘laqonli munosabati o‘rnatilgan davr mustaqilligimizning ilk yillariga to‘g‘ri keladi. Bu yillar davomida yurtimizda adabiyotga, san’atga, madaniyatga va albatta tarjimaga bo‘lgan e’tibor yanada kuchaydi. Bu davrdan boshlab o‘zbek adabiyotining sara namunalarini turk tiliga va turk adabiyoti sara asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilish ishlari o‘zining yuqori cho‘qqisiga erishdi.
Oybekning “Navoiy” romani til va badiiy mahorat jihatdan diqqatga sazovor asar. Adib obraz yaratishda psixologik tahlil san’atidan, xalq tili boyliklaridan jumladan, frazeologizmlardan juda ustalik bilan foydalangan. Ularning turkchaga tarjimasi esa ba’zi o‘rinlarda ekvilalentlar vositasida, ayrim joylarda muqobil frazeologizmlar bilan gohida tasviriy usulda ya’ni na ekvivalent, na muqobil variant va na kalka yordamida o‘girishning imkoni topilmaganda, san’atkorlar tarjima amaliyotining tasviriy usuliga murojaat qiladilarki, mazkur usul yordamida frazeologik birliklar ma’nolari erkin ma’nodagi so‘z yoki so‘z birikmalari vositasida tushuntirib beriladi. Frazeologizmlarni tarjima qilishda kalka usulidan foydalanilganda esa ayrim so‘z va birikmalarning o‘zga tilda o‘z ekvivalentiga yoki muqobil variantiga ega emasligi so‘zma-so‘z tarjima usuliga murojaat qilishga undaydi. Maqolada shu kabi bir qancha frazeologizmlar tahlillari bilan tanishish mumkin.