“DU HUANNING BORGAN JOYLARI XOTIRASI” SAYOHATNOMASIDA MARKAZIY OSIYO
DOI:
https://doi.org/10.37547/os/vol-03-03-12Muhim iboralar:
Markaziy Osiyo, Talas jangi, Turk xoqonligi, Tang sulolasi, Abbosiylar sulolasi, Shosh mamlakati, Suyob, Marv davlatiAnnotatsiya
Mazkur maqolada Du Huan va uning sayohatnomasi haqida so‘z boradi. Du Huan sayohatnomasida tashrif buyurgan joylari taxminan Sharqdan G‘arbga yo‘nalishda yozilgan. Maqolada Shosh podsholigidan Djendju (Norin) daryosidan o‘tib Qang‘ davlatiga, so‘ngra Buxorodan Amudaryoni kesib oʻtib, uning janubiy qirgʻogʻidan Muguo (穆国) nomi bilan ham tanilgan Marvga (hozirgi Turkmanistondagi Mari shimolida) yetib borgan Du Huanning sayohat yo‘nalishi va o‘zi guvohi bo‘lgan voqea hodisalari haqida ma’lumotlar keltiriladi. Shuningdek, ushbu maqolada arablar va Tang sulolasi o‘rtasidagi Talas daryosi bo‘yida sodir bo‘lgan mashhur jangda ishtirok etgan Du Huanning taassurotlari batafsil bayon qilinadi. Du Huan bundan tashqari, Samarqand shahridagi qog‘oz ishlab chiqarish haqidagi ma’lumotni yozadi. Du Huan sayohatnomasida Markaziy Osiyo to‘g‘risida qimmatli ma’lumotlar keltirilgan bo‘lib, shaharlar hayoti, aholi yashash tarzi, siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy holati aks ettiriladi. Maqolada Du Huan sayohatnomasida keltirilgan davlatlar nomining izohlari keltiriladi. Du Huan gʻarbiy mintaqaning ko‘plab joylariga borib, Markaziy Osiyo, Gʻarbiy Osiyo, Oʻrta dengiz sohillari hamda Afrikaga sayohat qilgan buyuk tadqiqotchi boʻlgan. Buni uning “Sayohatnoma” asari tasdiqlaydi. Maqolada Du Huanning Abbosiylar davlati poytaxtiga hamda Misr, Nubiya va Efiopiyaga tashrif buyurgani va aholining mashg‘ulotlari haqidagi fikr- mulohazalari tahlil qilindi. Du Huanning 762-yilda Fors ko‘rfaziga qaytib, Shri-Lankaga tashrif buyurishi va 763-yilda savdo kemasida Guangjouga qaytib kelishi to‘g‘risida o‘rganilib, maqolada bu yo‘nalish bo‘yicha fikr va xulosalar keltirildi.
Yuklashlar
Foydalanilgan adabiyotlar
丁謙. 叢書集成三編: 浙江圖書館叢書. 藝文印書館, 1971.
S. I. Berzina. “Kushana coins in Axum”, Information Bulletin, International Association for the Study of the Cultures of Central Asia, Issue 7, Moscow, 1984.
Akin, Alexander. "The Jing Xing Ji of Du Huan: Notes on the West by a Chinese Prisoner of War." Harvard Middle Eastern and Islamic Review 5 (1999): 77-102.
Lei W. The First Chinese Travel Record on the Arab World. – 2016.
Smidt W. G. C. A Chinese in the Nubian and Abyssinian kingdoms (8th century). The visit of Du Huan to Molin-guo and Laobosa //Arabian Humanities. Revue internationale d’archéologie et de sciences sociales sur la péninsule Arabique/International Journal of Archaeology and Social Sciences in the Arabian Peninsula. – 2001. – №. 9.
Загрузки
Nashr etilgan
Qanday qilib iqtibos keltirish kerak
Ushbu son
Soha
##category.category##
Litsenziya
Copyright (c) 2025 Makhpurat Khubbaliyeva

Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution» («Атрибуция») 4.0 Всемирная.
Authors retain copyright and grant the journal right of first publication with the work simultaneously licensed under a Creative Commons XX License...