+998712334521 nashriyot@tsuos.uz
ISSN
Impact Factor
6.978
Country
Uzbekistan

HU SHI TIL ISLOHOTLARINING ZAMONAVIY XITOY SHE’RIYATI SHAKLLANISHIDAGI AHAMIYATI

muallif

  • Ozodjon Ochilov

DOI:

https://doi.org/10.37547/os/vol-03-03-01%20 %20%20%20%20%20%20%20%20

Muhim iboralar:

Hu Shi, Xitoy yangi she’riyati, baihua she’riyati, adabiyot islo¬hotlari, G‘arb va Sharq integratsiyasi, lingvistik va madaniy o‘zgarishlar, baihua adabiyotining rivoji, adabiy nazariya, 20-asr Xitoy adabiyotshunoslari, adabiy tanqid.

Annotatsiya

Annotatsiya: Hu Shi (1891―1962) 20-asr Xitoy adabiyotshunoslari orasida yirik shaxs hi¬sob¬lanadi. Uning adabiy nazariyalari, ayniqsa, baihua tili asosida yangi she’r yaratish bo‘yicha qa¬rashlari, xitoy adabiyotining yangilanishida muhim rol o‘ynadi. Hu Shi Xitoyning adabiy an’ana¬larini yangilash va zamonaviy talablar asosida qayta shakllantirish g‘oyalarini ilgari surgan adib sifatida tanilgan. Uning islohotlari nafaqat lingvistik soha, balki umummadaniy va ijtimoiy jarayonlar modernizatsiyasiga ham chuqur ta’sir qilgan. Hu Shi o‘z faoliyatining bosh¬lang‘ich davrida an’anaviy xitoy she’riyatini zamonaviy badiiy ifoda usullari bilan boyitishga intildi. Biroq vaqt o‘tishi bilan u o‘zining yangi she’riyatga bo‘lgan paradigmalarini o‘zgartirdi va an’anaviy uslublarni to‘la rad etish orqali yangi demokratik va ko‘proq muloqotga yo‘nal¬tirilgan she’riyat g‘oyasini jadal ilgari surdi. Jarayon, ayniqsa, baihua tilining adabiyotda katta miqiyosda qo‘llanilishi orqali amalga oshirildi, bu esa keng jamoatchilikka she’riyatni yanada yaqinlashtirish uchun xizmat qildi. Hu Shining bu harakatlari adabiyotda demokratik prinsiplarni kuchaytirishga olib keldi. U she’riyatni oddiy xalq tili asosida qayta yaratish orqali keng ommaga yaqinlashtirdi va shu tariqa, madaniy va ijtimoiy jarayonlarga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. Baihua tilida yangi she’r yaratish orqali Hu Shi adabiyotda tabiiylik va oddiylikni targ‘ib qildi. Bu harakat nafaqat adabiy uslublarni o‘zgartirdi, balki Xitoyning madaniy va ijtimoiy hayotini ham yangilashga xizmat qildi. Hu Shi o‘z islohotlari orqali Xitoy adabiyotiga yangi yo‘nalish berdi va yangi she’riyatni keng jamoatchilikka tanishtirishda muhim rol o‘ynadi.

Yuklashlar

Данные скачивания пока недоступны.

Foydalanilgan adabiyotlar

胡适:《胡适留学日记》第3卷, 上海商务印书馆, 1947年11月第1版

胡 适:《逼上梁山》,《 胡适文集 》 第1卷, 北京大学出版社 ,1998 年.

胡适.谈新诗.中国新文学大系·建设理论集.上海:上海良友图书印刷公司, 1935 .

胡适:《白话律诗》,《胡适留学日记》第4卷,上海商务印书馆,1947年11月 第1版.

胡适:《尝试集》,《胡适全集》第10卷 ,安黴教育出版社,2003 年

李孝悌 .胡适与白话文运动再评估———从清末的白话文谈起.清末的下层社会启蒙运动:1901 -1911.石家庄 :河北教育出版社, 2001.287.

Озоджон Очилов. "Хитой янги шеъриятининг эволюцион шаклланиш хусусиятлари (XIX асрнинг охири-ХХ асрнинг бошлари)" Sharq ma’shali / Восточный факел, vol. 14, no. 2, 2022, pp. 20―25.

Загрузки

Nashr etilgan

2025-02-12

Tashkent Uzbekistan
nashriyot@tsuos.uz
Call : +998712334521