+998712334521 nashriyot@tsuos.uz
ISSN
Impact Factor
6.978
Country
Uzbekistan

IBN RUSHD FALSAFIY QARASHLARIDAGI “IKKI HAQIQAT” KONSEPSIYASINING NAZARIY VA GʻOYAVIY ASOSLARI

muallif

  • Iroda Ikramova

DOI:

https://doi.org/10.37547%20/os/vol-02-01-02-21

Muhim iboralar:

Ibn Rushd, Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Ibn Miskavayh, “Ikki haqiqat”, din, falsafa, uygʻunlik, peripatetizm.

Annotatsiya

Oʻrta asrlar Sharqi va Gʻarbi maʼnaviy uygʻunligi oʻziga xos zaruriyat sifatida shunday shaxslarni yaratdiki, ular bir yoʻla bir necha qitʼalarni birlashtira oldilar. Masalan, buyuk arab-ispan faylasufi Ibn Rushd nafaqat buyuk faylasuf, balki u Afrika va Osiyoni, Osiyo va Yevropani, xristianlik va islomni bir-biriga bogʻlaydigan koʻprikdir. Bundan tashqari, Ibn Rushd tufayli Yevropa oʻzini oʻzi qayta tanidi. U buyuk yunon faylasuflarining asarlarini arab tilidan ispan tiliga tarjima qilishi bilan Yevropa xalqlarini yunon madaniyatining gultoji boʻlgan Aflotun va Arastu falsafasi bilan tanishtirdi. Avveroizmda esa ilm-u aqlning choʻgʻlari ilk bor jilovlanib, koʻzga tashlandi. Bu ilmi aqliya keyinchalik Dekart, Spinoza, Leybnis kabi buyuk aql egalarining yetishib chiqishiga sabab boʻldi. Ibn Rushd oʻrta asr musulmon olamida “falsafa” atamasi bilan bogʻliq Sharq peripatetizmi maktabining soʻnggi yirik vakili hisoblanadi. U sharq peripatetizmi asnosida ratsional va naturalistik dunyoqarashlar rivojlanishining xotimasida boʻldi.

Mazkur maqolada Ibn Rushdning din va falsafa bir-biriga parallelligini va bir-biriga zid boʻlmagan oʻzaro teng mantiqiy nuqtayi nazar sifatida bir xil hodisalarning natijasi ekanligi yoritilgan. Bu xulosalariga asoslangan Ibn Rushdning “Ikki haqiqat” konsepsiyasining nazariy va gʻoyaviy asoslari keltirib oʻtilgan. Shuningdek, faylasuflarni va ilohiyotchilarni ham birdek oʻylan­ti­radigan masala din va falsafa uygʻunligi boʻyicha turli xil fikrlar keltirib oʻtilib, qiyosiy tahlil qilingan. Oʻylaymizki, oʻrta asrlar faylasuflarining fikrlari din va falsafa oʻrtasidagi munozaralarga hali ham taʼsir qilishi mumkin.

Yuklashlar

Данные скачивания пока недоступны.

Загрузки

Nashr etilgan

2024-11-07

Ushbu son

Soha

Maqolalar

##category.category##

Tashkent Uzbekistan
nashriyot@tsuos.uz
Call : +998712334521