+998712334521 nashriyot@tsuos.uz
ISSN
Impact Factor
6.978
Country
Uzbekistan

SHARQ DAVLATLARIDA JAMIYAT VA MILLATNING SHAKLLANISHIDA MAʼMURIY KOMMUNIKATSIYALARNING AHAMIYATI

muallif

  • Muhabbat Saliyeva

DOI:

https://doi.org/10.37547%20/os/vol-02-01-02-18

Muhim iboralar:

jamiyat, boshqaruv, maʼmuriy, huquq, devon, qonun, joriy, raiyat, lashkar, muhr.

Annotatsiya

Maqolada Sharq xalqlarining oʻrta asrlarda erishgan yutuqlari, umuman, badiiy tafakkurning barcha sohalariga kuchli taʼsir koʻrsatgan: matematika va astronomiyadan boshlab sheʼriyat va nasrgacha Gʻarbiy uygʻonish davrida ijod qilgan mashhur Yevropa olim va yozuvchilarining asarlarida Sharq Qurʼoni karim va hadislarga, Xorazm, Buxoro va Samar­qandda yashagan fan va taʼlim namoyandalariga, bu yerda tashkil topgan ilmiy va adabiy muhit, mazmun va janrlarga, devon-u ruboiylarga, arab va fors tilida bitilgan xatlarga muro­jaat­lar koʻpdan koʻp uchraydi, jumladan, “algebra” va “meditsina” soʻzlarigacha. Oʻrta asr­lar­dagi Sharq madaniyatini oʻrganish globallashuv davrida yanada dolzarblashmoqda. Ax­bo­riy tajovuzlar natijasida bugungi kunga kelib, insoniyat hayotida oʻrnatilgan maʼnaviy-axloqiy meʼyorlar asta-sekin yemirilib, odamzod postmavjudlik (постсуществование) davriga oʻt­moq­da. Daniell Belldan keyin “post” soʻzi ommalashib ketdi. Postindustrial jamiyat, post­mo­dernizm, postinsoniy kelajak (постчеловеческое будущее), postzamonaviylik (пост­сов­ре­мен­ность) tushunchalari keng isteʼmolga kirmoqda. Xullas, hozirgi davrning murak­kabligi zamonaviy xalqaro va milliy ommaviy axborot vositalari taʼsirida koʻp asrlar davomida shakl­lan­gan qadriyatlarning ahamiyatiga muayyan maʼnoda putur yetayotganida ham oʻz ifodasini topmoqda. Shuning uchun kunning muhim vazifalaridan biri – oʻrta asrlar tajribasiga yana bir bor murojaat etib, ming yillik sinovlaridan oʻtgan ijobiy natija va madaniy boyliklarni toʻlaroq oʻzlashtirish, insonparvarlik gʻoyalaridan samarali foydalanishdir. Bu muammo aynan kosmopolitizm avj olayotgan va u koʻproq Gʻarb manfaatlariga xizmat qilayotgan mafkura ekanligi tufayli dolzarb boʻlmoqda.

Yuklashlar

Данные скачивания пока недоступны.

Загрузки

Nashr etilgan

2024-11-07

Ushbu son

Soha

Maqolalar

##category.category##

##plugins.generic.recommendBySimilarity.heading##

##plugins.generic.recommendBySimilarity.advancedSearchIntro##

Tashkent Uzbekistan
nashriyot@tsuos.uz
Call : +998712334521