+998712334521 nashriyot@tsuos.uz
ISSN
Impact Factor
6.978
Country
Uzbekistan

AQSH TASHQI SIYOSATIDAGI AFG'ON VEKTORINING MAFKURAVIY MUVOZANATI: IZOLYATSIONIZM VA INTERNATSIONALIZM

muallif

  • Yulduzxon Imomova

DOI:

https://doi.org/10.37547/os/vol-02-04-18

Muhim iboralar:

AQSh, izolyatsionizm, internatsionalizm, tashqi siyosat, tashqi aralashuv, ishtirok, global muammolar, ichki siyosat.

Annotatsiya

“AQSh tashqi siyosatidagi mafkuraviy muvozanat: izolyatsiya va internatsionalizm” maqolasi tashqi siyosati strategiyasini shakllantiradigan muhim ideologik g'oyalarini o'rganishga bag'ishlangan tadqiqot hisoblanadi. Muallif izolyatsionizm va internatsionalizmning tarixiy asoslarini va tamoyilarini chuqur tahlili orqali ularning tarixiy evolyutsiyasi yoritib bergan. Maqolada muallif AQSh tashqi siyosatidagi xalqaro mojarolarga aralashishni cheklashga bo'lgan an'anaviy izolyatsion intilish va jahon ishlarida faol ishtirok etish uchun internatsionalistik kayfiyat o'rtasidagi muhokamani tahlil qilgan.

Afg‘onistonda davom etib kelayotgan qaltis va keskin siyosiy vaziyat mintaqaviy va xalqaro xavfsizlikning dolzarb muammolaridan biri bo‘lib qolmoqda. Ziddiyatli global raqobat sharoitida dunyo kuch markazlari tomonidan afg‘on muammosidan geosiyosiy maqsadlar vositasi sifatida foydalanishga intilishlar ortib bormoqda. Jumladan, Amerika Qo‘shma Shtatlarining Afg‘oniston yo‘nalishidagi tashqi siyosati transformatsiyasi natijalari Janubiy va Markaziy Osiyo mintaqasi xavfsizligi va barqarorligiga yana bir jiddiy sinov va tahdidga aylanib ulgurdi. Shu munosabatdan, afg‘on muammosiga aloqador kuchlar muvozanatidagi o‘zgarishlarning mintaqa davlatlari milliy xavfsizligiga ta’siri masalalarini ilmiy o‘rganish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

Ko‘plab nufuzli tadqiqot markazlari tomonidan AQSHning afg‘on muammosi bo‘yicha tashqi siyosatining sabab va oqibatlari, uning xalqaro va mintaqaviy xavfsizlikka ta’sirini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar olib borilmoqda. Ayniqsa, keskin global raqobat sharoitida AQSHning Janubiy va Markaziy Osiyo mintaqasiga oid strategiyasi tansformatsiyasi, AQSH hukumati va Tolibon harakati o‘rtasidagi munosabatlarning istiqbollari soha mutaxassislarining tadqiqot ishlaridagi dolzarb mavzuga aylangan. Shuningdek, so‘nggi yillarda yetakchi siyosatchi va ekspertlar o‘rtasida Afg‘onistonga xavfsizlikka tahdid manbai sifatida emas, balki Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqasi taraqqiyoti uchun imkoniyatlar omili sifatida qarash ommalashib borayotganligini kuzatish mumkin. Bu borada mavjud muammolarni hal etishning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish masalalari yirik xalqaro anjumanlar muhokama mavzusiga aylanib bormoqda.

Muallif mafkuraviy tendentsiyalarning tashqi siyosiy qarorlarning shakllanishiga ta’sirini tahlil qilar ekan, xalqaro maydondagi murakkab muammolarga soddalashtirilgan qarashdan qochadi. Muallif geosiyosiy dinamika muvozanatli va moslashuvchan yondashuvlarni talab qiladigan zamonaviy dunyoda mafkuraviy muvozanatni tushunishning dolzarbligini ta’kidlaydi.

Yuklashlar

Данные скачивания пока недоступны.

Загрузки

Nashr etilgan

2024-10-02

Ushbu son

Soha

Maqolalar

##category.category##

##plugins.generic.recommendBySimilarity.heading##

##plugins.generic.recommendBySimilarity.advancedSearchIntro##

Tashkent Uzbekistan
nashriyot@tsuos.uz
Call : +998712334521