+998712334521 nashriyot@tsuos.uz
ISSN
Impact Factor
6.978
Country
Uzbekistan

ROSSIYA VA XITOY TA’SIRIDA KORЕYA RЕSPUBLIKASINING MARKAZIY OSIYODAGI DIPLOMATIYA SIYOSATI

muallif

  • Jahongir Saidov

DOI:

https://doi.org/10.37547/os/vol-02-04-17

Muhim iboralar:

Markaziy Osiyo, Ukraina urushi, Diplomatik siyosat, Iqtisodiyot, Koreya Respublikasi, Rossiya, Xitoy, AQSH

Annotatsiya

Koreyaning Markaziy Osiyoga nisbatan diplomatiyasi ma’lum darajada iqtisodiy xavfsizlik strategiyalarini uzviy bog‘lash uchun asoslangan. Shu nuqtai nazardan, birinchidan, Markaziy Osiyoga nisbatan mavjud diplomatik strategiyalar va iqtisodiy hamkorlik siyosati Markaziy Osiyo davlatlarini faqat Rossiyaning ta’sir doirasi sifatida qarash tendensiyasidan xalos bo‘lishi kerak. Ikkinchidan, G‘arbning Rossiyaga qarshi sanksiyalari va geosiyosiy mojarolar tufayli Koreya va Rossiya o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik muqarrar ravishda keskin to‘xtab qolgan bir sharoitda Rossiya bilan iqtisodiy hamkorlikni chetlab o‘tish vositasi sifatida Markaziy Osiyo davlatlari bilan iqtisodiy hamkorlikni kuchaytirish zarur. Uchinchidan, Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi tufayli yangi hukumatlarning shimoliy siyosati zaiflashishi, shu sababli Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlikning ham qisqarishi ehtimoli bor. Avvalgi hukumatning Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlik platformasini saqlab qolish va rivojlantirish zarur bo‘ladi. Shuningdek, Markaziy Osiyo elitasining tashqi siyosatdagi pragmatizmi Koreya Respublikasi bilan munosabatlarda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Janubiy Koreya boshqa manfaatdor davlatlarga nisbatan mintaqaga kechroq e’tibor qaratgan va Markaziy Osiyoda ta’siri cheklangan. Biroq Seulning geosiyosiy ambitsiyalari yo‘qligi uning ishtiroki yirik o‘yinchilar Rossiya, Xitoy yoki G‘arbda paydo bo‘ladigan bir xil shubhalar yoki salbiy reaksiyalarni uyg‘otmasligiga yordam beradi. Seul tashabbuslari va geosiyosiy manfaatlari o‘xshash boshqa aktorlar bilan faol hamkorlik qilishga majbur bo‘ladi. O‘tgan yillar davomida Pekin Markaziy Osiyoda o‘z iqtisodiy tarmoqlarini yoyishga muvaffaq bo‘ldi va o‘zining “Bir kamar, bir yo‘l” geosiyosiy va geoiqtisodiy konsepsiyasini faol amalga oshirmoqda. Seul Markaziy Osiyo bozorlari uchun raqobatda sezilarli darajada orqada qola boshladi. Markaziy Osiyo mamlakatlarida Janubiy Koreyaning mavjudligidagi yaqqol nomutanosiblik bir xil darajada qolmoqda. Qozog‘iston va O‘zbekiston asosiy hamkor sifatida bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qolmoqda. Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistonning bir necha o‘n million dollarlik savdo aylanmasi aloqalarning yuqori darajada emasligini ko‘rish mumkin. Bundan tashqari, Janubiy Koreyaning postsovet Markaziy Osiyo davlatlari bilan munosabatlarida savdo-iqtisodiy hamkorlik to‘liq va so‘zsiz ustuvor ahamiyatga ega. Koreyaning muvaffaqiyatli eksport sanoatlashtirishi mamlakatni Markaziy Osiyo uchun potensial rivojlanish modeliga aylantirdi. Koreyaning ishtiroki Markaziy Osiyoning tashqi siyosiy aloqalari, eksport yo‘llari va sarmoya manbalarini diversifikatsiya qilishga xizmat qiladi.

Yuklashlar

Данные скачивания пока недоступны.

Загрузки

Nashr etilgan

2024-10-02

Ushbu son

Soha

Maqolalar

##category.category##

##plugins.generic.recommendBySimilarity.heading##

##plugins.generic.recommendBySimilarity.advancedSearchIntro##

Tashkent Uzbekistan
nashriyot@tsuos.uz
Call : +998712334521