O‘ZBЕKISTON VA OZARBAYJON RЕSPUBLIKALARINING TRANSPORT TRANZIT SOHASIDAGI HAMKORLIGI
DOI:
https://doi.org/10.37547/os/vol-02-04-14Muhim iboralar:
transport, tranzit, Transkavkaz yo‘lagi, TRASEKA, O‘rta yo‘lak, Boku-Tbilisi-Kars, Zangezo‘r yo‘lagi.Annotatsiya
Xalqaro munosabatlarga kirishish jarayonida barcha yo‘nalishlar o‘ziga yarasha muhim ahamiyatga ega. Jumladan, transport sohasidagi hamkorlik so‘ngi yillarda yanada dolzarb mavzuga aylanmoqda. Mintaqaviy mamlakatlar bilan bir qatorda, Janubiy Kavkaz davlatlaridan, Ozarbayjon Respublikasi bilan bu yo‘nalishda aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish asosiy masalalardan hisoblanadi. Bugungi kunda Ozarbayjon Yevroosiyoning muhim transport-logistika markazlaridan biri bo‘lib, “Sharq-G‘arb” va “Shimol-Janub” xalqaro transport yo‘laklarini rivojlantirishda muhim o‘rin tutayotgani haqiqatdir. Dunyoda kechayotgan hozirgi murakkab siyosiy vaziyatda, O‘zbekiston va Ozarbayjon Respublikalarining mustaqillik davridan transport tranzit sohasidagi hamkorligi tarixini o‘rganish, ularning rivojlanish holatini tahlil qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada tarixiy retrospektiv va analiz ilmiy metodlaridan foydalangan holda ikki davlatning transport yo‘nalishida hamkorlik aloqalari keng tadqiq etildi. Milliy arxiv manbalariga tayangan holda ma’lumotlar keng keltirildi. Transport kommunikatsiyaviy aloqalarning shakllanishi O‘zbekiston va Ozarbayjon Respublikalarining tashqi siyosatining muhim yo‘nalishlari hisoblanadi, hamda bu yo‘nalish ikki mamlakat munosabatlarining rivojlanishi va mustaxkamlanishiga ishonchli asos bo‘lmoqda. Transport tranzit sohasi bevosita iqtisodiy aloqalarning jadallashishiga olib keladi, savdo-sotiq imkoniyatlarini kengaytiradi. O‘zbekiston Respublikasi bilan Ozarbayjon Respublikasi o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri hududiy chegara yo‘qligiga qaramay, ikki davlatning yaxshi hamkorligi mintaqadagi keng ko‘lamli hamkorlikka ijobiy ta’sir ko‘rsatib, tomonlarning transport yo‘nalishida samarali va manfaatli aloqalarini rivojlanishiga olib kelmoqda. Shu bilan birga, 44 kunlik 2-Tog‘li Qorabog‘ urushi Janubiy Kavkaz mintaqasining landshaftini sezilarli o‘zgarishlarga olib keldi. Ozarbayjonning ishonchli g‘alabasi mintaqaviy hamkorlik, o‘zaro bog‘liqlik va yo‘laklarni shakllantirish uchun yangi imkoniyatlar ochdi. Shuningdek, "Boku-Tbilisi-Kars" hamda Zangezo‘r yo‘lagining roli O‘zbekiston uchun o‘ziga hos muhim ahamiyat kasb etadi. Hamkorlik munosabatlarini o‘rganish jarayonida transport sohasi muhim yo‘nalishlardan bo‘lganligi va vaqt sinovidan o‘tgan munosabatlar yillar davomida mustahkamlanib, zamonaviylashib yangi bosqichga kelmoqda degan xulosaga kelindi.
Yuklashlar
Загрузки
Nashr etilgan
Qanday qilib iqtibos keltirish kerak
Ushbu son
Soha
##category.category##
Litsenziya
Copyright (c) 2024 Ra’noxon Abdullayeva
Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution» («Атрибуция») 4.0 Всемирная.
Authors retain copyright and grant the journal right of first publication with the work simultaneously licensed under a Creative Commons XX License...