OGAHIY TARIXIY ASARLARI QO‘LYOZMALARINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
DOI:
https://doi.org/10.37547/os/vol-02-04-13Muhim iboralar:
“Firdavs ul iqbol”, “Riyoz ud-davla”, “Zubdat ut-tavorix”,“Jome ul-voqeoti Sultoniy”, “Gulshani davlat”, “Shohidu iqbol”, qo‘lyozma, xattotAnnotatsiya
Ushbu maqolada Ogahiyning tarixiy asarlari qo‘lyozmalaridan “Firdavs ul-iqbol”, “Riyoz ud-davla”, “Zubdat ut-tavorix”, “Jome ul-voqeoti Sultoniy” , “Gulshan davlat”, “Shohidul iqbol” hamda “Rahimqulixonning dushman toyifalari ustida qilgan yurishi” larning o‘ziga xos xususiyatlari ko‘rib chiqilib, unga bugungi kun qadar Ogahiyshunos olimlar tomonidan berilmagan ayrim xususiyatlar keltirib berilgan. Qo‘lyozmalarning hamd va na’t qismiga ko‘proq e’tibor berilib, uning xususiyatlari ham ochib berilgan. Umumiy xususiyatlaridan har bir asar qo‘lyozma nusxalarining xattotlari, inventar raqamlari, o‘lchami, xat turi, siyoh turlari, qog‘oz turi, saqlanish holati haqida ma’lumot berilishi bilan bir qatorda, asar qo‘lyozmalarining fondlari, qo‘lyozmalardagi o‘xshashlik va farqli tomonlari o‘rganilib chiqildi, undagi har bir qo‘lyozma ko‘chirilgan yili, undagi o‘zgarishlar va bu o‘zgarishlar mazmunga ta’siri yoritib berildi. Asar qo‘lyozmalarida arab harflari ifodalanishi, so‘zlardagi xatoliklar, sarlovhalarining berilishi qanday tarzda ekanligi qayd etildi. Adabiy janr nomlari, atoqli otlar, sarlovhalari va baytlari talqinidagi o‘ziga xosliklar keltirib o‘tilgan. Qur’on Karim oyatlari, Hadisi Sharif namunalari hamda arabiy duolarning ifoda qilishish holatlari ham berilishi, uning matnda qanday aks etishi, o‘quvchi aynan bu narsa jalb etishuchun ajratilish holatlari haqida ham ma’lumot berildi. Asardagi basmaladan to hotimagacha qanday berilganligi, poygirlarning ifodalanishi, qo‘lyozma matnidan tashqari matnlarni yozilishining sabablari keltirib berildi. Ayrim qo‘lyozmalarida keyinchalik qo‘shimchalar kiritilishi, ularning matn ma’no qirralariga ta’siri o‘rganildi. Harflardagi chalkashliklar, so‘zlarning ifoda etishdagi murakkabodlar talqin etildi.
Yuklashlar
Загрузки
Nashr etilgan
Qanday qilib iqtibos keltirish kerak
Ushbu son
Soha
##category.category##
Litsenziya
Copyright (c) 2024 Supportscience Supportscience
Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution» («Атрибуция») 4.0 Всемирная.
Authors retain copyright and grant the journal right of first publication with the work simultaneously licensed under a Creative Commons XX License...