TASAVVUF TAʼLIMOTIGA OID MANBALAR TAHLILI (ZARAFSHON VOHASI XV-XIX ASRLAR)
DOI:
https://doi.org/10.37547/os/vol-02-04-12Muhim iboralar:
Ishqiya, kubroviya, naqshbandiya, yassaviya, silsila, qoʻlyozma, muhr.Annotatsiya
Maqola XV-XIX asrlarda Zarafshon vohasi tasavvuf tarixiga oid manbalarda qimmatli maʼlumotlar mujassamdir. XV-XIX asrga kelib Samarqand va Buxoroda tariqat shayxlarining faolligi birmuncha susaygan boʻlsa-da, ildizi xojagon tariqatiga borib taqaladigan naqshbandiya tariqati vohada keng tarqala boshladi. Bu tariqatning mazkur hududda yetakchi tariqatga aylanishi XV-XIX asrlarda yashab oʻtgan tariqat peshvolari Xoja Alouddin Attor, Xoja Ahror Valiy, Maxdumi Aʼzam Dahbediy, Muhammad Husayn kabi tariqat namoyandalari nomi bilan bogʻliq. Afsuski, ularning hayoti va maʼnaviy merosi, tariqatdagi faoliyatlari hanuzgacha alohida tadqiqot mavzusi sifatida toʻliq oʻrganilmagan.
XV-XIX asrlarda Zarafshon vohasi tasavvuf tarixiga oid “Kashful mahjub va rashful matlub”, “Silsilai sharif Hazrat Naqshbandiya”, “Nasabnomai Hazrat Xoja Buzurg”, “Silsilai sharif Hazrat Qodiriya” va “Silsilai sharif Hazrat Chishtiya”, “Silsilatul orifin va tazkiratus siddiqin”, “Sirojus solikin va latoyiful orifin”, “Hujjatul komilin fiy atvorus solikin”, “Miftohut tolibin”, “Irshodul muridiyn”, “Muxtasari odobul muridin”, “Boʻstonul muhibbin” kabi yozma manbalarda ishqiya, kubroviya, naqshbandiya va yassaviya tariqatiga oid nodir birlamchi manbalar hisoblanadi.
Zarafshon vohasida ishqiya, kubroviya, naqshbandiya, yassaviya kabi tasavvuf tariqatlari tarixiga oid nodir manbalarni oʻrganish dolzarb ahamiyatga ega. Ayniqsa tariqat tarixiga oid nodir qoʻlyozmalar muhim oʻrin tutadi. Maqolada tariqatlar tarixiga oid bir qator yozma manbalar tahlil qilinadi.
Turli tarixiy manbalarni tadqiq etish orqali oʻtmishning nomaʼlum jihatlarini ochib beradi, tarix fanining manbashunoslik, tarixshunoslik, islomshunoslik xronologiya kabi tarmoqlari uchun muhim materiallar taqdim etadi.
Yuklashlar
Загрузки
Nashr etilgan
Qanday qilib iqtibos keltirish kerak
Ushbu son
Soha
##category.category##
Litsenziya
Copyright (c) 2024 Supportscience Supportscience
Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution» («Атрибуция») 4.0 Всемирная.
Authors retain copyright and grant the journal right of first publication with the work simultaneously licensed under a Creative Commons XX License...