FORS TILIDA SIFAT YASOVCHI PREFIKSAL ALLOMORFLAR
DOI:
https://doi.org/10.37547/os/vol-02-04-07Muhim iboralar:
Allomorf, morfologik alternatsiya, fonemaning variantlashuvi, prefiksal allomorf, hozirgi zamon fe’l negizi, o‘tgan zamon fe’l negizi, affiksatsiya, affiksal paralellizm, dublet va yasama sifat.Annotatsiya
Tilshunoslikda lug‘at boyligining kengayishida xizmat qilayotgan affiksatsiya hodisasi hamda shu usul orqali leksema yasashda allomorflarining qaysi o‘rinlarda ishlatilishi katta ahamiyatga ega. Ushbu maqolada allomorf tushunchasi va uning tilshunoslikdagi o‘rni atroflicha o‘rganildi hamda unga dunyo tilshunoslarining nazariya va ilmiy qarashlari tahlil qilindi. Unga ko‘ra, allomorf morfemaning varianti bo‘lib, alohida morf sifatida o‘ziga mos, muvofiq keladigan so‘z shakli tarkibidagina ishtirok etishi, shu tushuncha sifatida kuzatiladigan har bir morfning qo‘llanilish imkoniyati chegaralangan bo‘lishi hamda qulay bo‘lgan sharoitda yuzaga chiqishi kabi masalalar atroflicha yoritib berilgan. Qolaversa, morf va allomorflar birining o‘rnida ikkinchisi ishlatilmasligi ilmiy isbotlangan. Shu asosda eronlik tilshunos olim Iron Kalbosining nazariy qarashlariga tayangan holda fors tilidagi sifat yasovchi allomorflarning tabiatini aniqlashga kirishilgan. Tahlillarga asoslanib, so‘z yasovchi allomorflar ikki guruhga, ya’ni asos tarkibida o‘zaro o‘rin almasha oladigan hamda o‘rin almasha olmaydigan allomorflarga taqsimlanib o‘rganildi. Affiksal allomorflarning xususiyatlarini yoritish maqsadida fors tilidagi sifat yasovchi prefiksal allomorflarning funksional-semantik xususiyatlari hamda kontekstda ishlatilish masalalarini ko‘rib chiqish maqsadida نا [nā] va uning نه [na] prefiksal allomorfi manbalar va badiiy adabiyotlardan keltirilgan misollar orqali tadqiqqa tortilgan.
Yuklashlar
Загрузки
Nashr etilgan
Qanday qilib iqtibos keltirish kerak
Ushbu son
Soha
##category.category##
Litsenziya
Copyright (c) 2024 Dilorom Saidoripova
Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution» («Атрибуция») 4.0 Всемирная.
Authors retain copyright and grant the journal right of first publication with the work simultaneously licensed under a Creative Commons XX License...