XORAZM DEVONLARIDA QASIDA
DOI:
https://doi.org/10.37547/os/vol-02-04-03Muhim iboralar:
Xorazm, Muhammad Rahimxon soniy – Feruz, shoirlar, shahzoda, Sultoniy, Saʻdiy, devon, qasida, qasidai tom, qoʻlyozma, adabiyot tarixi, matnshunoslik.Annotatsiya
Sharq sheʻriyatida qasida eng qadimiy janrlardan biri hisoblanib, qasidaning oʻziga xosligi maʻlum shaxs yoki muhim hodisaning vasfi, madhi, maqtovi kabi holatlarni oʻzida mujassam etish, madh etilayotganning yuksak fazilat, xususiyatlarini eʻtirofi boʻladi. Qasida devonlarda muhim oʻrin tutadi. Dastlab qasidalar arab adabiyotiga oid boʻlib, qasidaning tagʻazzul, yaʻni xushomad qilmoq, madh etmoq qismidan ajralib chiqqan gʻazal janri esa forsiy adabiyotda oʻz nashʻu namosini topgan.
XIX asrning oxiri XX asr boshlarida Xorazm adabiy muhitida isteʻdodli ijodkorlar yetishib chiqdi. Muhammad Rahimxon soniy – Feruz shoh va shoir sifatida sanʻat, adabiyotga katta ahamiyat qaratdi. Natijada koʻplab shoirlarning lirik sheʻrlari jamlanib, ularning devonlariga tartib berildi. Mutaxassislarning aniqlashicha, XIX asrning oʻrtalarida Xivada yuzga yaqin shoir devon tartib bergan, albatta, bularning ichida shohning oʻzi ham bor. Ayrim shoirlar zullisonayn boʻlishgan va ular oʻzbekcha va forscha devonlariga tartib berishgan. Xorazm devonlari janrlar xilma xilligi, anʻanaviyligi bilan ajralib turadi. Ushbu maqolada Xorazm devonlari, xususan, “Devoni Sultoniy” va “Devoni Saʻdiy”lardan oʻrin olgan qasidalar qurilishi va mavzu jihatidan tahlil etiladi. Muhammad Rahimxon soniy – Feruz Xivada yirik adabiy maktabga yetakchilik qilarkan, oʻzining yaqin qarindoshlarini ham bu davraga kirish, sheʻr yozish, devon tartib berishga daʻvat etadi. Sayyid Nosir toʻra Muhammad Rahimxon soniy – Feruzning nabirasi boʻlib, Sultoniy taxallusi bilan sheʻrlar yozgan va “Devoni Sultoniy”ga tartib bergan. “Devoni Sultoniy”da oʻn ikki xil janrdagi sheʻrlar jamlangan va miqdor jihatidan gʻazal asosiy oʻrinni egallaydi. Sultoniy devonidan joy olgan toʻrtta qasida anʻanaviy shaklda yozilgan.
Sayyid Nosir toʻra – Sultoniy qasidalari qasidai tom shaklida yozilgan boʻlib, bahoriyot qasidalar sirasiga kiradi. Sayyid Saʻdulloh toʻra Saʻdiy qasidalari ham qasidai tom shaklida yaratilgan, mavzu jihatidan bahoriyot qasidalardan farq qiladi.
Yuklashlar
Загрузки
Nashr etilgan
Qanday qilib iqtibos keltirish kerak
Ushbu son
Soha
##category.category##
Litsenziya
Copyright (c) 2024 Sohiba Umarova
Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution» («Атрибуция») 4.0 Всемирная.
Authors retain copyright and grant the journal right of first publication with the work simultaneously licensed under a Creative Commons XX License...