+998712334521 nashriyot@tsuos.uz
ISSN
Impact Factor
6.978
Country
Uzbekistan

ABU YUSUF VA FIQH ILMI

muallif

  • Abduqahhor Raxmonov

DOI:

https://doi.org/10.37547/os/vol-03-01-02-24

Muhim iboralar:

Hanafiylik, Аbu Hanifa, Аbu Yusuf, Fiqh, Qozi ul-quzzot, mujtahid, xalifa Horun ar-Rashid, xalifalik ijtimoiy-maʼnaviy hayot.

Annotatsiya

Yoqub Abu Yusuf ibn Ibrohim al-Ansoriy fiqhning “oltin davri” deb ataladigan VIII–IX asrlarda yashagan, fiqh ilmi taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan islom dunyosidagi buyuk mutafakkirlardan biridir. Mazkur maqolada ana shu mutafakkirning hayoti va ijodi, hanafiylikning yoyilishida mutafakkirning xizmatlari hamda fiqhiy qarashlariga oid materiallarga urg‘u berilgan. Abu Yusufning xalifalik bosh qozisi lavozimida ishlaganligi tufayli hanafiylik nazariyadan amaliy hayotga tatbiq etilgani va xalifalik bo‘ylab keng tarqalishiga sabab bo‘lgan. Chunki Abu Hanifaning fiqhga oid asarlari bizgacha yetib kelmagan. Uning qarashlarini keyingi avlodlarga yetkazishda va hanafiylik mazhabini yoyishda shogirdlari katta o‘ringa ega. Ayniqsa, uning eng yaqin shogirdi Abu Yusuf bunda muhim shaxs hisoblanadi. Ushbu maqolada Abu Yusufning ilmiy merosi va fiqhiy qarashlari ochib berilgan.

Hanafiy mazhabining asoschi imom Abu Hanifa hisoblansa-da, mazhabining vujudga kelishi va tarqalishida uning shogirdlari Abu Yusuf va Muhammad ash-Shayboniylarning xizmatlarini alohida taʻkidlab o‘tish lozim. Abu Hanifa fiqhiy qarashlari aks ettirilgan eng ahamiyatli manba hisoblanadigan “Zohirur rivoya” asarlari uning boshqa shogirdi Imom Muhammad ibn Hasan ash-Shayboniy tomonidan yozilgan bo‘lsa-da, biroq Abu Yusufning davlat bosh qozisi bo‘lganligi, ustozi Abu Hanifa vafotidan keyin uning dars halqasini davom ettirganligi va hanafiylik mazhabi bo‘yicha ilk asar yozganligi sababli uning fiqhiy qarashlarini tadqiq etishga loyiq deb hisoblasa bo‘ladi.

Hanafiy mazhabining nazariyotchilaridan biri hisoblangan Abu Yusufning hayoti, ilmiy merosi va fiqhiy qarashlari asosida yozilgan ushbu maqolani hanafiylik mazhabining tarixini o‘rganishga qaratilgan saʻy-harakat sifatida baholash mumkin. Abu Yusuf hanafiylik mazhabida Abu Hanifadan keyingi hurmatga sazovor shaxs bo‘lgan va mazhabning usulini belgilovchi juda muhim faqihdir. Afsuski, Abbosiylar davlatida bosh qozi bo‘lib ishlagan, ayni paytda mazhab uslubini bevosita tatbiq etgan va uni qo‘llashning ilk namunalarini ko‘rsatgan Abu Yusuf haqida mamlakatimizda ko‘p tadqiqotlar olib borilmaganini ko‘rishimiz mumkin .

Yurtimiz odamlarining aksariyati hanafiy mazhabiga mansub ekanini hisobga olsak, hanafiy mazhabini keng targ‘ib qilgan imom Abu Yusufning ilmiy merosi va uning fiqh ilmini bilish muhim sanaladi. Abu Yusuf nafaqat Abu Hanifaning eng zabardast shogirdi edi, balki u Abu Hanifa usulini amaliy hayotga tatbiq qiluvchi mazhab nazariyotchisi hamdir. U islom olamida ulkan davlat bo‘lgan Abbosiylar xalifaligi davrida bosh qozi sifatida davlat boshqaruv tizimida faoliyat yuritgan. U yuzga yaqin fiqhshunos shogirdlarni yetishtirdi. Abu Yusufning mana shunday yuksak fazilatlari uning ilmiy merosini har tomonlama tadqiq etishni talab qiladi. Biroq uni bir maqola doirasida har tomonlama ochib berishning iloji yo‘q. Shu bois maqolada u zotning hayoti, ijodi va fiqhiy qarashlariga to‘xtalib o‘tiladi.

Yuklashlar

Данные скачивания пока недоступны.

Загрузки

Nashr etilgan

2024-09-24

Ushbu son

Soha

Maqolalar

##category.category##

Tashkent Uzbekistan
nashriyot@tsuos.uz
Call : +998712334521