YUMSHOQ VA AQLLI KUCH: ZAMONAVIY XALQARO MUNOSABATLARDAGI TASHQI SIYOSAT STRATEGIYALARI SIFATIDA
DOI:
https://doi.org/10.37547/os/vol-03-01-02-20Muhim iboralar:
Xalqaro munosabatlar, tashqi siyosat, realizm, idealizm, liberalism, neoliberalism, qattiq kuch, yumshoq kuch, aqlli kuch, Jozef Nay.Annotatsiya
Ushbu maqolada “Soft Power”– yumshoq kuch va “Smart Power”– aqlli kuch konsepsiyasining mazmun-mohiyati va uning zamonaviy xalqaro munosabatlardagi o‘rni borasida fikr yuritilgan. Ushbu konsepsiyani tushunish juda tez o‘zgarib borayotgan va inqirozlar qaytadan avj olayotgan zamonda ayniqsa dolzarb. Darhaqiqat, insoniyat so‘nggi ellik yillik tarixi davomida juda katta o‘zgarishlarni boshdan kechirdi, bu o‘zgarishlar taraqqiyot bilan bir qatorda global tizimni yuzaga keltirdi. Shu nuqtayi nazardan mavzu obyekti sanalgan kuch, kuch konsepsiyasi va uning ta’sir etish vositalarini chuqurroq tahlil etish muhim sanaladi.
O‘zgarishlar konteksida zamonaviy paradigmalar klassik paradigmalarning ilmiy ustunligini shubha ostiga qo‘ygani holda, davlatlar tashqi siyosiy yondoshuvlarida islohotini taklif qilib, ko‘proq yumshoq kuch va uning evolutsiyasi sanalgan aqlli kuchga e’tibor qaratishni taklif qilmoqda. Maqolada dastlab kuch tushunchasiga to‘xtalib, so‘ngra qattiq, yumshoq va aqlli kuch konsepsiyalarining nazariy yondashuvlari tahlili amalga oshirilgan.
Tahlil davomida mamlakatlar qattiq va yumshoq kuch elementlarini strategik jihatdan birlashtirib, jahon sahnida o‘z manfaatlarini yanada samarali va barqaror tarzda amalga oshirishlari mumkinligi ochib berilgan. Shuningdek, aqlli kuchning ilmiy muhokamasida ushbu konsepsiyaning turli jihatlarini o‘rgangan taniqli olimlarning asarlariga murojaat qilingan. Ularning ilmiy xulosalaridan foydalanilgan holda, xalqaro munosabatlardagi o‘zaro bog‘liqlik jarayonlari chuqur o‘rganilgan va tahlil jarayonida konsepsiya mohiyatini ochib berishga harakat qilingan.
Yuklashlar
Загрузки
Nashr etilgan
Qanday qilib iqtibos keltirish kerak
Ushbu son
Soha
##category.category##
Litsenziya
Copyright (c) 2024 Adhamjon Mamadjonov
Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution» («Атрибуция») 4.0 Всемирная.
Authors retain copyright and grant the journal right of first publication with the work simultaneously licensed under a Creative Commons XX License...