+998712334521 nashriyot@tsuos.uz
ISSN
Impact Factor
6.978
Country
Uzbekistan

O‘ZBEKISTON VA XITOY: MILLATLARARO MUNOSABATLAR SOHASIDA HAMKORLIKNING YANGI DAVRI

muallif

  • Saodat Davlatova

DOI:

https://doi.org/10.37547/os/vol-03-01-02-14

Muhim iboralar:

O‘zbekiston, Xitoy, millatlararo munosabatlar, xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari, hamkorlik, milliy madaniy markazlar.

Annotatsiya

Ushbu maqolada O‘zbekiston – Xitoy munosabatlarining savdo-iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy-gumanitar hamkorligidagi aloqalarning ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, O‘zbekistonning millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlikni mustah­kam­lash borasida olib borayotgan ishlari O‘zbekiston  Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining xorijiy bo‘limida bu borada erishgan natijlari ochib berilgan. Millatlararo munosabatlar qo‘mitasi o‘z faoliyati doirasida jamiyatda millatlararo totuvlik va bag‘rikenglikni ta'minlash bo‘yicha davlat siyosatini izchil hamda samarali amalga oshirib kelmoqda.

Hozirgi kunda Qo‘mita jamiyatda millatlararo hamjihatlik va bag‘rikenglikni ta'minlashga qaratilgan davlat siyosatini amalga oshirish, do‘stona xalqaro aloqalarni yo‘lga qo‘yish, xorijiy mamlakatlarning fuqarolik hamjamiyatlari bilan “xalq diplomatiyasi” mexanizmidan foydalangan holda o‘zaro hamkorlikni amalga oshirib kelmoqda.

O‘zbekistonning millatlararo munosabatlar va xorijiy aloqalarini mustahkamlash uchun olib borayotgan ishlari muhim ahamiyatga ega bo‘lib, millatlararo, madaniyatlararo, kon­fes­siyalararo bag‘rikenglikni mustahkamlashga ham xizmat qiladi. Mazkur aloqalar zamirida O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi  o‘rnatilgan o‘zaro ishonchli munosabatlarda terrorizm, ekstremizm, separatizm, narkotik va noqonuniy qurol-yarog‘lar savdosi bo‘yicha qarashlarning mushtarakligini ko‘rsatadi. Qolaversa, O‘zbekistonning XXI asrning eng qudratli davlatlaridan biri – Xitoy Xalq Respublikasi bilan nafaqat millatlararo, madaniyatlararo, balki  siyosiy, iqtisodiy, savdo, ilm-fan va madaniy sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni o‘rnatish va rivojlantirishda yangi davr hamkorligini yo‘lga qo‘yganligini isbotladi. Ushbu yangi davrda tomonlar o‘rtasida kompleks strategik sheriklikni rivojlantirish bo‘yicha besh yillik dastur ham amalga oshirilmoqda.

Yuklashlar

Данные скачивания пока недоступны.

Загрузки

Nashr etilgan

2024-09-24

Ushbu son

Soha

Maqolalar

##category.category##

##plugins.generic.recommendBySimilarity.heading##

##plugins.generic.recommendBySimilarity.advancedSearchIntro##

Tashkent Uzbekistan
nashriyot@tsuos.uz
Call : +998712334521