NAVOIYXONLIK VA NAVOIY IJODIY ANʼANALARINING QOʻQON ADABIY MUHITI RIVOJIDAGI OʻRNI
DOI:
https://doi.org/10.37547/os/vol-03-01-02-03Muhim iboralar:
Qoʻqon adabiy muhiti, navoiyxonlik, mumtoz adabiyot, muxammas, anʼana, adabiy meros, badiiy matn, mustaqillik davri adabiyoti.Annotatsiya
Maqolada XX asr ikkinchi yarmi – XXI asr boshlari Qoʻqon adabiy muhitiga oid manbalar asosidagi tahlillar berilgan. Shu davrdagi anʼanalarning bugungi kungacha davom etib kelayotganligi masalasi yoritilgan. Qoʻqon adabiy muhitining oʻziga xos bir qirrasi boʻlgan navoiyxonlik kechalari va Navoiy anʼanalarining bardavomligiga doir mulohazalar bayon qilingan. Mumtoz adabiyot angʼanalariga ergashib yozilgan Qoʻqon shoirlarining muxammaslarini tadqiq etishda qiyosiy-tipologik metoddan foydalanildi. Navoiyxonlik Qoʻqon adabiy muhitini tadqiq qilishda oʻziga xos adabiy va madaniy-maʼrifiy manba sifatida xizmat qilishi mumkin ekanligi aniqlandi. Shuningdek, Qoʻqon adabiy muhitida mumtoz adabiyot anʼanalarining barhayotligi va bardavomligi, Qoʻqon adabiy muhitining oʻziga xos jihatini belgilovchi xususiyatlardan biriga aylanganligi ilmiy xulosa sifatida berildi. Ushbu adabiy muhitning oʻzbek adabiyoti rivojidagi oʻrni koʻrsatildi.
Yuklashlar
Загрузки
Nashr etilgan
Qanday qilib iqtibos keltirish kerak
Ushbu son
Soha
##category.category##
Litsenziya
Copyright (c) 2024 Gulbahor Saydganiyeva
Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution» («Атрибуция») 4.0 Всемирная.
Authors retain copyright and grant the journal right of first publication with the work simultaneously licensed under a Creative Commons XX License...