+998712334521 nashriyot@tsuos.uz
ISSN
Impact Factor
6.978
Country
Uzbekistan

Zamonaviy konfliktologiyani rivojlantirish masalasiga oid

muallif

  • RUSTAM DJUMAYEV siyosiy fanlar doktori, professor, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti

Muhim iboralar:

siyosiy fanlar, siyosatshunoslik, xalqaro munosabat¬lar

Annotatsiya

Respublikamizning mustaqillikka erishishi davrini yurtimizda zamonaviy siyosiy fanlarning  dastlabki rivojlanish nuqtasi deb eʼtirof etish mumkin. Siyosatshunoslik esa fan sifatida mamlakatning oliy taʼlim muassasalarida 1993-yildan boshlab oʻqitila boshlandi. Maʼlumki, shakllanish va rivojlanish jarayonida siyosiy fanlar mustaqil taraqqiyotning barcha qiyinchiliklari, ziddiyatlari va konfliktlarini oʻz genezisida aks ettirdi. Yillar davomida mavjud boʻlgan sunʼiy taqiq nafaqat siyosatshunoslikda ilmiy izlanishlarni muzlatishdi, balki real siyosiy jarayonlarni ham obyektiv tahlil qilinishini toʻxtatib koʻydi. Buning natijasida siyosatshunoslik fan sifatida bizning mamlakatimizda boshqa davlatlardagi siyosiy fanlarga nisbatan rivojlanishdan ancha ortda qoldi. Bugungi kunga kelib, Oʻzbekiston siyosatshunoslari uchun XXI asr talablariga xamda yurtimizda olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlarga mos ravishda izlanishlarga turtki berish imkoniyati yaratil­moqda. Siyosiy fanlarda  davom etayotgan integratsiya va differensiatsiya jarayonlari nafaqat yangi metod va metodologik yondashuvlar, balki siyosiy fanlar tizimida yangi yoʻnalishlar shakllanishiga sabab boʻldi. Mazkur yunalishlardagi tadqiqotlarni nafaqat oliy taʼlim yurtlarida, balki “aql markazlari” darajasida xam rivojlantirish lozim. Hozirda siyosiy “tovarlar”- taʼlimotlar, nazariyalar, gʻoyalar oqimi bilan bir qatorda, ularning yaratuvchisi boʻlgan insonlarning dunyoqarashi va amaliy faoliyati doirasi ham kengayib bormoqda. Bu hol turfa manfaatli munosabatlarning paydo boʻlishiga, manfaat yoʻnalishi qarama-qarshiligiga, baʼzan toʻqnashuvlarga ham sabab boʻlmoqda. Kishilar orasida bunday kayfiyatning shakllanishi koʻpincha yechimda notoʻgʻri yoʻlning tanlanishiga, oqibatda, turfa xil larzalarning roʻy berishiga olib kelmoqda. Siyosiy fan tarmoqlaridan biri hisoblanadigan konfliktologiya esa jamiyatdagi ijtimoiy konfliktlar dinamikasi, ularning sabablari, shuningdek, konfliktlar tipologiyasi, formalarini hamda konfliktlarni bartaraf etishning nazariy-ilmiy asoslarini tadqiq etuvchi fan boʻlib,uni oʻrganish inson uchun, eng avvalo, oʻz  “insoniylik tabiatini” chuqur anglab yetishida muhim ahamiyat kasb etadi. Jamiyatdagi kon­fliktlarni chetdan koʻrinishiga qarab, oddiy bir soʻz bilan u yoki bu konflikt deb izohlab qoʻyish mumkin. Biroq oʻsha konfliktni bartaraf etish yoki nazariy-tahliliy jihatdan oʻrganish jarayonida uning naqadar serqirra ekanligiga amin boʻlamiz.

Yuklashlar

Данные скачивания пока недоступны.

Foydalanilgan adabiyotlar

Мирзиёев Ш.М. Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон давлатини биргаликда барпо этамиз. – Т.: “Ўзбекистон”, 2016.- 17б.

Загрузки

Nashr etilgan

2022-09-20

Ushbu son

Soha

Maqolalar

Tashkent Uzbekistan
nashriyot@tsuos.uz
Call : +998712334521