Umar Sayfiddin va turk hikoyachiligi
Muhim iboralar:
Goʻnan, Tanzimot, safaratnomaAnnotatsiya
Maqolada mashhur turk yozuvchisi Umar Sayfiddin hayoti va ijodi haqida soʻz yuritiladi. Turk adabiyotida hikoya janrining shakllanishi tarixi haqida ham qisqacha fikr bildirib oʻtilgan. Tanzimot davrida turk adabiyotida yangi janrlarning paydo boʻlishi va rivojlanishi xususida maʼlumotlar berilgan. Umar Sayfiddin hikoyalarining mavzusidan kelib chiqib tasnif qilinadi. Yozuvchi ijodida vatanparvarlik mavzusi, ayollar obrazining yaratilishi, xalq ijodidan oʻrnak olishi asarlari misolida koʻrsatiladi. Yozuvchining oʻziga xos uslubi, badiiy soʻz qoʻllash mahorati tahlil qilinadi. “Uch nasihat”, “Baland poshnalar”, “Pushti durli toʻn” va boshqa hikoyalari misolida adibning hikoyanavis jihatidagi salohiyati ochib beriladi.
Ayniqsa, “Badal” hikoyasining keng tahlil qilingani yaxshi boʻlgan. Bir hikoya misolida yozuvchining qahramonlari ruhiyatini ochib berishi, asarning fojiali xotimasiga olib kelgan holatlar toʻgʻri taʼkidlanadi. Hoji va usta Ali oʻrtasidagi ziddiyat, oriyat uchun usta Alining oʻz qoʻlini chopib tashlashi asosi ishonarli tahlil qilingan. Umar Sayfiddinning birgina “Badal” hikoyasi emas, buningdek badiiy mahorat bilan yozilgan boshqa hikoyalarining nomi sanab oʻtilishi ham maʼqul, chunki bu oʻquvchini yozuvchi ijodiga qiziqtiradi.
Maqolada muallif oʻz ilmiy fikrlarini mustahkamlash uchun ilmiy manbalardan iqtiboslar (sitata) keltiradiki bu maqolaning ilmiy qimmatini yanada oshiradi. Oʻzbekcha tarjimalari va Oʻzbekistonda nashr qilingan adabiy toʻplamlari xususida soʻz yuritilib, yozuvchining turk hikoyachiligi tarixida tutgan oʻrni ochiqlanadi..
Yuklashlar
Foydalanilgan adabiyotlar
Foydalanilgan adabiyotlar/References/ Использованная литература
Загрузки
Nashr etilgan
Qanday qilib iqtibos keltirish kerak
Ushbu son
Soha
Litsenziya
Copyright (c) 2022 ADKHAMBEK ALIMBEKOV
Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution» («Атрибуция») 4.0 Всемирная.
Authors retain copyright and grant the journal right of first publication with the work simultaneously licensed under a Creative Commons XX License...