Руководство для авторов
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti ilmiy jurnallari tomonidan ilmiy maqolalarga qoʻyiladigan talablar
Nashrga original, ilgari nashr qilinmagan maqolalar va jurnal mavzusiga mos keladigan materiallar qabul qilinadi. Maqolada sharqshunoslik bilan bogʻliq adabiyotshunoslik, tilshunoslik, falsafa, tarix, iqtisodiyot kabi fan sohalarining dolzarb masalalari va ilmiy yangiliklari yoritilishi lozim. Original maqolaning hajmi (annotatsiya, kalit soʻz va soʻz birikmalari hamda foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati bundan mustasno) 1 interval oraliqda 10–12 bet, matni Microsoft Word, A4 formatida, Times New Roman shriftining 14 kattaligida, kogʻozga chiqarilgan va elektron variantlarda kamida 2 ta taqriz (ichki va tashqi) bilan nashriyotga topshiriladi. Matnning ikki yonidan qoldiriladigan oʻlcham – 2 sm, xat boshi (abzas) – 1,25 sm.
Maqolaning tuzilishi quyidagicha tavsiya etiladi:
Maqola va boshqa materiallar sarlavhasi qisqa, mazmunga muvofiq va 12 soʻzdan oshmasligi kerak.
Muallifning toʻliq ismi quyidagi tartibda qayd etilishi kerak: ismi, otasining ismi, familiyasi, ikki yoki undan ortiq mualliflar boʻlsa, vergul bilan ajratiladi.
Muallif(lar)ning ish joyi quyidagi tartibda taqdim etilishi kerak: boʻlim (kafedra), muassasa (institut), shahar va mamlakat.
Ketidan muallifning telefon raqami, faks raqami, elektron pochta manzili keltirilgan boʻlishi kerak.
Maqolaning sarlavhasi, muallif(lar) haqidagi maʼlumotlar lotin alifbosi (transliteratsiya)da beriladi.
Annotatsiya va kalit soʻzlar:
Annotatsiya – ilmiy xarakterdagi maqola hajmidan tashqari berilgan ingliz, rus va oʻzbek tillaridagi qisqacha bayon.
Annotatsiyada maqolaning asosiy jihatlarini bayon etishda quyidagilarga eʼtibor beriladi:
- tadqiqotning asosiy maʼlumotlarini qamrab olishi va ishda mavjud boʻlmagan faktlar boʻlmasligi lozim;
- maqolaning tuzilishi Annotatsiyada takrorlanadi: kirish, maqsad va vazifa, usullar, natija/muhokama, xulosa/mulohaza;
- natijalar aniq va loʻnda boʻlib, uzviylikda beriladi;
- Annotatsiyada maqola sarlavhasi takrorlanmaydi, keraksiz izohlar, “kirish jumlalari” (muallif maqolada shuni nazarda ..) boʻlmasligi lozim;
- Annotatsiyada iqtibos keltirilmaydi;
- Annotatsiya matnining hajmi 250–300 soʻzdan iborat boʻlishi
Annotatsiya ostida “Kalit soʻz va soʻz birikmalari” (8–10 ta) yozuvi joylashtiriladi. Kalit soʻzlar maqolaning asosiy mazmunini ifodalab, asosan, sohaga doir muhim tushunchalardan tashkil topgan boʻlishi lozim.
Kirish: Maqolada tadqiqotning maqsadi va maqola yozilish vaqtida ilmiy muammoning holati aks etishi kerak.
Maqsad va vazifa:
Maqolaning mazmun-mohiyati maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda tizimli ra- vishda ochib beriladi.
Usullar: Tadqiqot usullari batafsil tavsiflangan boʻlishi lozim.
Natijalar va mulohaza:
Natijalar va mulohazalar kengaytirilgan shaklda taqdim etilishi kerak (jadvallar va tasvirlar yordamida), shuningdek, ilgari nashr etilgan natijalarning qiyosiy tahlili va talqini beriladi.
Xulosa: Kirish qismida qoʻyilgan savollarga javoblar, xulosalar aniq koʻrsatilishi kerak.
Foydalanilgan adabiyotlarning berilish tartibi:
Adabiyotlar roʻyxati lotin alifbosiga transliteratsiya qilinadi. Roʻyxatga kiritilgan adabiyotlar soʻnggi 25 yil ichida nashr qilingan boʻlib, ularning soni 30 tadan oshmasligi kerak.
Sahifa tagida beriladigan snoskalarda jurnal maqolalarining berilishi:
Zagurenko A.G., Korotovskikh V.A., Kolesnikov A.A., Timonov A.V., Kardymon D.V. Tekhniko- ekonomicheskaya optimizatsiya dizaina gidrorazryva plasta [Techno-economic optimization of the design of hydraulic fracturing]. Neftyanoe khozyaistvo – Oil Industry, 2008, no.11, pp. 54-57.
Elektron jurnaldagi maqolalarning berilishi:
Kontorovich A.E., Korzhubaev A.G., Eder L.V. [Forecast of global energy supply: Techniques, quantitative assessments, and practical conclusions]. Mineral'nye resursy Rossii. Ekonomika i upravlenie, 2006, no. 5. (In Russ.) Available at: http://www.vipstd.ru/gim/content/ view/90/278/). (accessed 22.05.2012)
Digital Identifier of an Object (DOI) tizimidagi jurallardagi maqolalarning berilishi:
Zhang Z., Zhu D. Experimental research on the localized electrochemical micro-machining. Russian Journal of Electrochemistry, 2008, vol. 44, no. 8, pp. 926-930. doi: 10.1134/ S1023193508080077
Davriy ilmiy toʻplamlarning berilishi:
Astakhov M.V., Tagantsev T.V. [Experimental study of the strength of joints "steelcomposite"]. Trudy MGTU «Matematicheskoe modelirovanie slozhnykhtekhnicheskikh sistem»[Proc. of the Bauman MSTU “Mathematical Modeling of Complex Technical Systems”], 2006, no. 593, pp. 125-130. (In Russian)
Konferensiya materiallarining berilishi:
Usmanov T.S., Gusmanov A.A., Mullagalin I.Z., Muhametshina R.Ju., Chervyakova A.N., Sveshnikov A.V.[Features of the design of field development with the use of hydraulic fracturing]. Tru158 dy 6 Mezhdunarodnogo Simpoziuma “Novye resursosberegayushchie tekhnologii nedropol'zovaniya i povysheniya neftegazootdachi” [Proc. 6th Int. Symp. “New energy saving subsoil technologies and the increasing of the oil and gas impact”]. Moscow, 2007, pp. 267-272. (In Russian).
Kitoblar (monografiya, toʻplam)larning berilishi:
Kashnikov Y.A., Ashikhmin S.G. Mekhanika Gornykh Porod Pri Razrabotke Mestorozhdeniy Uglevodorodnogo Syr'ya (Rock Mechanics In The Development Of Hydrocarbon Deposits) Moscow, OOO "Nedra-Biznestsentr" Publ., 2007. 486 p.
Tarjima kitoblarning berilishi:
Timoshenko S.P., Young D.H., Weaver W. Vibration problems in engineering. 4th ed. New York, Wiley, 1974. 521 p. (Russ. ed.: Timoshenko S.P., Iang D.Kh., Uiver U. Kolebaniia v inzhenernom dele. Moscow, Mashinostroenie Publ., 1985. 472 p.).
Internet-resurslarning berilishi:
Kondrat'ev V.B. Global'naya farmatsevticheskaya promyshlennost'[The global pharmaceutical industry].
Available at:
http://perspektivy.info/rus/ekob/globalnaja_farmacevticheskaja_promyshlennost_2011-07-18.html. (accessed 23.06.2013)
Dissertatsiya va avtoreferatning berilishi:
Semenov V.I. Matematicheskoe modelirovanie plazmy v sisteme kompaktnyi tor. Diss. dokt. fiz.-mat. nauk[Mathematical modeling of the plasma in the compact torus. Dr. phys. and math. sci. diss.]. Moscow, 2003. 272 p.
Patentning berilishi:
Palkin M.V. e.a. Sposob orientirovaniia po krenu letatel'nogo apparatas opticheskoi golovkoi samonavedeniia[The way to orient on the role of aircraft with optical homing head]. PatentRF, no. 2280590, 2006.
Jadvallar
Har bir jadval 2 intervalda alohida sahifaga joylashtiriladi. Jadvallar fotosurat sifatida topshirilmaydi. Jadvallar raqamlanadi va maxsus nomlanadi. Jadvaldagi har bir ustun qisqa nomga ega boʻlishi kerak (qisqartmalardan foydalanish mumkin). Har bir jadval matnda izohlanadi.
Tasvirlar (rasmlar)
Chizmalarning toʻliq toʻplamlari taqdim qilinadi. Tasvirlar professional tarzda boʻyalishi kerak; qoʻlda yozilgan chizmalar qabul qilinishi mumkin emas. Tasvirlar oq qogʻozda tayyorlangan, ularning sifati skanerlash talablariga javob berishi kerak. Chizmalarning elektron versiyalari alohida fayllarda taqdim etiladi. Tasvirning tavsiya etilgan kengligi 14 smdan oshmasligi kerak, balandligi 18 smdan oshmasligi tavsiya etiladi. Skanerlash materiallari kamida 300 dpi boʻlishi kerak.
Qisqartmalar va belgilar
Maqola matnida faqat standart qisqartmalardan foydalaniladi. Maqolaning sarlavhasida qisqartma berilmaydi. Annotatsiyada umumisteʼmolda boʻlmagan qisqartma va shartli belgilar kamdan-kam hollarda keltiriladi, ularning izohi annotatsiyaning dastlabki qoʻllanilgan oʻrnida, albatta, berilishi joiz.