"Sharqshunoslik. Востоковедение. Oriental Studies" sharqshunoslik fani tarmoqlarining dolzarb masalalari, sharqshunos mutaxassislar tomonidan yaratilgan tadqiqotlarning natijalari, yangi ilmiy xulosalar yoritiladigan ilmiy-nazariy jurnal. Unda Sharq xalqlari va mamlakatlari madaniyati, tarixi, til va adabiyoti, falsafasi, iqtisodi hamda siyosatshunosligi masalalariga oid dolzarb mavzularga bag‘ishlangan ilmiy maqolalar chop etiladi. Jurnal 1 yilda 4 marta, ya’ni har chorakda bir nashr qilinadi.
Ilmiy jurnalning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat: Oʻzbekistonning maʼnaviy, madaniy-ijtimoiy hayotiga, shuningdek, sharqshunoslik fani, xususan, Xorijiy Sharq mamlakatlari adabiyoti, sanʼ¬ati, madaniyati, maorifi, iqtisodi, tarixi, siyosatshunosligi hamda falsafasiga oid masalalarning dolzarb mavzularida maqolalar chop etish.