+998712334521 nashriyot@tsuos.uz
ISSN
Impact Factor
6.978
Country
Uzbekistan

«KIFAYATU-N-NAHV FI ILMI-L-E’RĀB» VA «AL-UNMUZAJ» ASARINING QIYOSIY TADQIQI

muallif

  • Mansur Jumaniyazov

DOI:

https://doi.org/10.37547/os/vol-03-03-07%20

Muhim iboralar:

Ot so’z turkimi, fleksiya, bosh kelishikdagi so’zlar, tushim kelishigidagi so’zlar, qaratqich kelishigidagi so’zlar, to’ldiruvchilar, moslashmagan aniqlovchi, fe’l so’z turkimlari.

Annotatsiya

Arab tili gammatikasida mashhur asarlardan Mahmud az-Zamaxshariyning o‘z asari “Mufassal”ga yozgan “Unmuzaj” sharhini alohida ta’kidlash lozim. Tadqiqotimiz asosi hisoblangan Ziyoviddin Makkiy Xorazmiyning “Kifayatu-n-nahv fi ilmi-l-e’rāb” asari “Unmuzaj”ning sharhi deyilgan ba’zi qarashlarga qo‘shilmagan holda, bu mustaqil asar ekanligini dalillash uchun, ensiklopedik asaralarga murojaat qilindi. Asar haqida berilgan ma’lumotlar o‘rganildi, G‘arb va Sharq olimlarining bu boradagi fikrlari solishtirildi. Tadqiqot jarayonida aniqlandiki, G‘arb olimlari “Kifayatu-n-nahv fi ilmi-l-e’rāb” asari “Unmuzaj”ning  sharhi ekanligini qayd etishgan. Biroq eronlik olim Og‘a Buzruk bu asarni mustaqil asar ekanligini ta’kidlab, uni ko‘rganini aytadi. Alloma Hoji Xalifa bu asarni bir qavlda «Al-Unmuzaj» sharhi kabi desa, boshqa joyda uning sharhining uslubida yozilgan deb ta’kidlaydi. Hoji Xalifa bu asarni to‘liq sharh yoki mutlaq mustaqil asar deb keltirmagan. Biz Eron kutubxonalaridan olingan ba’zi qo‘lyozmalarning birinchi sahifasida “Bu asar “Unmuzaj” sharhining uslubida yozilgan” degan ma’lumotlarni topdik hamda ikki asarni bir-biriga solishtirdik. Mavzularni ko‘rib chiqqanimizda ko‘plab o‘xshashliklarning guvohi bo‘ldik. Ishni davom ettirib, qiyosiy tahlil vazifasiga boshqa nahv kitoblarni ham qo‘shdik. Boshqa asarlarda ham bu fikrga yaqin holatlar uchradi, o‘sha davr nahv kitoblari barcha xususiyatlarida o‘zaro o‘xshashligi kuzatildi. Bundan ko’rinadiki, ikki asardagi o‘xshashlik tabiiy bo‘lib, asarda berilgan turli xil mavzulardagi qoidalarning ta’rifi, misollar, ketma-ketlik, ifoda usullarida ayrim farqlar ham mavjud ekan. Bu farqlanishlar asarning mutlaqo boshqa yo‘nalishdagi kitob ekanligini anglatmasa-da, asar muallifining har bir mavzuda o‘z qarashiga ega ekanligini bildiradi. Kitobning “Ergashuvchilar mavzusi”da grammatik istilohlarning mutloq xilof tarzda ifodalanishi asarning shaxsiy uslubga ega mustaqil asar ekanidan dalolatdir. Unda an’anaga ko‘ra “Unmuzaj”ning matni keltirilmagani va biror mavzuni yoritishda muallif ustozining fikrlarini zikr qilmaganligini inobatga olib, qo‘lyozmalardagi qaydlarni e’tirozsiz qabul qilinsa, bu mustaqil asar ekanligini shak-shubhasiz tan olish lozim bo‘ladi.

Yuklashlar

Данные скачивания пока недоступны.

Загрузки

Nashr etilgan

2025-02-13

##plugins.generic.recommendBySimilarity.heading##

##plugins.generic.recommendBySimilarity.advancedSearchIntro##

Tashkent Uzbekistan
nashriyot@tsuos.uz
Call : +998712334521