TARIXCHI G‘IYOSIDDIN XONDAMIRNING BOBURSHUNOSLIKKA QO‘SHGAN HISSASI
DOI:
https://doi.org/10.37547/ot/vol-03-03-14Muhim iboralar:
Temuriylar, Sulton Abusa’id Mirzo, Umarshayx Mirzo, Zahiriddin Muhammad Bobur, Alisher Navoiy, Mirzo Muhammad Haydar, “Habib us-siyar”, “Xulosat ul-axbor”, “Boburnoma”, “Tarixi Rashidiy”, boburshunoslik.Annotatsiya
Ushbu maqolada Temuriylar davrining yirik tarixchisi G’iyosiddin Xondamir (1476-1534) bin Xoja Humomiddin bin Xoja Jaloluddin Muhammad bin Xoja Burxoniddin Muhammad Sheroziyning o‘zi to‘g‘risida hamda “Maosir ul-muluk” (“Podshohlarning ulug‘ ishlari”), “Habib us-siyar fi axbori afrod ul-bashar” (“Bashar ahlining siyratidan xabar beruvchi do‘st”), «Dastur ul-vuzaro» (“Vazirlarga qo‘llanma”), “Xulosat ul-axbor fi bayon al-ahvol al-axyor” (“Yaxshi kishilarning hayotlari to‘g‘risida qisqacha ma’lumotlar”), “Makorim ul-axloq” (“Olijanob hulqlar”), “Qonuni Humoyuniy” (“Humoyun qonunlari”) va boshqa asarlari haqida ixcham ma’lumotlar keltirildi.
Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530) ibn Umarshayx Mirzo ibn Sulton Abusaid Mirzoning hayoti va faoliyati Farg‘ona, Movarounnahr, Kobul va Shimoliy Hindistonda XV asr oxiri XVI asr boshlarida bo‘lib o‘tgan. U ota tomonidan Temuriy, ibn Umarshayx Mirzo, ibn Sulton Abusaid Mirzo, ibn Mirzo Sulton Muhammad ibn Mironshoh Mirzo, ibn Amir Temurdir. Onasi Qutlug‘ Nigor Xonim esa binti Yunusxon bo‘lib, Chig‘atoyxon orqali Chingizxonga borib taqaladi.
G’iyosiddin Xondamirning eng yirik “Habib us-siyar fi axbori afrod ul-bashar” asarida Zahiriddin Muhammad Boburning tug‘ilishi, hayoti va faoliyati, uning bobosi Sulton Abusaid Mirzo, uning farzandlari Sulton Ahmad Mirzo, Sulton Mahmud Mirzo, Umarshayx mirzo, Mirzo Ulug‘bek, Mirzo Sulton Muhammad, Mirzo Shohrux, Mirzo abu Bakr mirzo, Mirzo Sulton Murod, Mirzo Sulton Xaliliy, Mirzo Sulton Valad va Mirzo Sulton Umar to‘g‘risida qimmatli ma’lumotlar mavjud. Bularni Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” va Mirzo Muhammad Haydar (1499-1551) ning “Tarixi Rashidiy” asarlaridagi ma’lumotlar bilan qiyosiy o‘rganish asosida tarixchining boburshunoslikka qo‘shgan muhim hissasini aniqlashga harakat qilindi.