ALISHER NAVOIYNING "NASOYIMUL MUHABBAT" ASARIDA "TABAQA" VA UNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
DOI:
https://doi.org/10.37547/ot/vol-03-03-07Muhim iboralar:
avliyo, kamolot, tasavvuf, tabaqa, ilohiyot, chiltan, ishqAnnotatsiya
Ushbu maqolada Alisher Navoiyning "Nasoyimul muhabbat" asaridagi avliyo kishilarning tabaqasi va uning xususiyatlari haqida so‘z boradi. Shuningdek, olti tabaqaga mansub insonlar qanday nomlanishi va ularning fazilati ochib berilgan. Ayniqsa, "tabaqa" tushunchasiga baho berilganida u sufiylikdagi tabaqa boshqa yo‘nalishlardagi tabaqalardan ajralib turishi, kishining bu maqomi faqat axloq-odobda va komillikka erishuvda farqlanishi ko‘rsatib berilgan. "Tabaqa" yo‘nalishidagi asarlar orasida muayyan soha olimlarining tadqiq ishlari va hayotini yoritib beruvchi asarlar aslida juda ko‘pligi ma’lum. Biroq, Alisher Navoiyning "Nasoyimul muhabbat" asarida barcha avliyolik martabasi va tabaqaga mansub insonlar holati xos ilm orqali o‘rganiladi. Shu ma’noda ushbu maqola ham adabiyotda kam tilga olingan, kam tadqiq qilingan yo‘nalishdir.