+998712334521 nashriyot@tsuos.uz
Impact Factor
6.978
Country
Uzbekistan

YOMIXON JANRI RIVOJIDA UEDA AKINARI MEROSI

muallif

  • Gulnora Qosimova

DOI:

https://doi.org/10.37547/ot/vol-03-03-05

Muhim iboralar:

Tokugava davri, shahar adabiyoti, gesaku, yomixon, “Oy va yomg‘ir haqida qissalar” to‘plami

Annotatsiya

Mazkur maqolada XVIII asr yapon shahar adabiyotining yorqin namoyandasi – Ueda Akinari ijodi va uning yomixon janri rivojidagi roli to‘g‘risida so‘z boradi. Bunda adib hayot yo‘li bilan bog‘liq biografik ma’lumotlarga urg‘u beriladi. Maqolada dastlab gesaku nasriy adabiyotining tavsifi keltirilib, uning janrlaridan biri bo‘lgan “yomixon” janrining o‘ziga xos badiiy xususiyatlari ochib beriladi. So‘ng, yapon shahar adabiyoti va yomixon janrining taraqqiyoti kontekstida adib ijodining kasb etgan ahamiyati masalasi yoritiladi. Shuningdek, maqolada Akinari ijodiy merosida muhim o‘rin egallagan dudona asar – “Oy va yomg‘ir haqida qissalar” nomli hikoyalar to‘plami o‘rganilib, undan joy olgan har bir hikoya yomixon janrining o‘ziga xos xususiyatlari nuqtai nazaridan tahlil etiladi. Mazkur asar orqali yapon milliy ta’limoti – “kokugaku” harakatining vakili sifatida faoliyat olib borgan Akinari mumtoz yapon hamda xitoy manbalaridan o‘z ijodida qanday foydalanganligi masalasi ham yoritiladi.

Загрузки

Nashr etilgan

2025-03-12

Tashkent Uzbekistan
nashriyot@tsuos.uz
Call : +998712334521