SIYOSIY LIDER FAOLIYATIDA SAYLOV OLDI IMIJMEYKING USULLARI
DOI:
https://doi.org/10.37547/ot/vol-03-02-19Muhim iboralar:
Rezolutsiya, siyosiy lider, umum etirof etilgan qadriyatlar, Erasmus, xalqaro talim standarti (International education degree), gender tenglik, ijtimoiy adolat, demokratik modernizatsiya.Annotatsiya
Ushbu maqolada Taraqqiyot strategiyasi va uning tadrijiy falsafiy asoslari va bu orqali jamiyat barqarorligiga erishish maqsadida siyosiy liderning faoliyat birliklari ochib beriladi. Ayniqsa jamiyat barqarorligiga erishish uchun uning analitik holatidan kelib chiqib bunda rahbarlik vakolati uning etiketik qarashlari burchga mas’uliyat bilan yondashgan holda jamiyatda inson manfaatlari va uning oliy qadriyatligini dastak qilib olish va jamiyat a’zolarini kapitalistik jarayonda ijtimoiy bo’hronlardan asrash kabi dogmalar maqsadlari ochib beriladi. Davlat, hokimiyat va fuqarolar o'rtasidagi masofani qisqartirish, davlat va xalq manfaatlarini uyg'unlashtirish va ularning umumiyligini ta'minlash uchun siyosiy boshqaruv va siyosiy PR texnologiyalari faoliyatini liberallashtirishni ta'minlashga qaratilgan milliy Qonunchilik bazasini yaratish tavsiya etiladi. Mamlakat media makonidagi demokratik jamiyat, jamoat tashkilotlari, turli ijtimoiy harakatlar, masalan, volontyorlik (ko'ngillilik), ayniqsa, din garchi siyosiy tizimga bevosita ta'sir ko'rsata olmasa-da, ularning faoliyati siyosiy xarakterga ega. Masalan, sekulyar siyosat mavjud bo'lmasa, din siyosatlashadi, davlat va din bir-birlarining ishiga aralashadi, ijtimoiy dilemmaga yo'l ochiladi. Siyosiy PR texnologiyalari bularning barchasiga barham beradi, davlatning, xalqning tanlagan strategik yo'lidan bardavomligini va samaradorligini belgilovchi ishonchli omil bo'lib xizmat qiladi. Shuning uchun “kim axborotga egalik qilsa, dunyoga egalik qiladi”, degan ibora qanchalik emotsional bo'lsa, shunchalik ratsional hamdir.