+998712334521 nashriyot@tsuos.uz
Impact Factor
6.978
Country
Uzbekistan

XIX ASR OʻRTA OSIYO XONLIKLARI TOPONIMIK QATLAMIDA TURKIY ETNONIM BILAN BOGʻLIQ JOY NOMLARI

muallif

  • Bexzodjon Zokirov

DOI:

https://doi.org/10.37547/ot/vol-03-02-17

Muhim iboralar:

turkiy xalqlar, etnonim, etnotoponim, etnogidronim, nisbiy negativlik, yop, dam.

Annotatsiya

Mazkur maqolada XIX asrda Oʻrta Osiyoga tashrif buyurgan rus va xorij sayyohlari hamda davlatlarning rasmiy vakillari safar xotiralari asosida yaratilgan “safarnomalar”da uchraydigan mintaqada yashovchi turkiy xalqlar nomi bilan bogʻliq etnotoponimlar tasnif va tahlil qilingan. Bizga ma'lumki, etnotoponimlar “etnos” bilan aloqador joy nomlari boʻlib, ular ma'lum hududning aholisi tarkibi hamda ular bilan bogʻliq ijtimoy-iqtisodiy jarayonlar, shuningdek, an'ana va qadriyatlarni oʻzida namoyon qiladi.

Etnotoponimlarni ma'lum manbalar asosida qiyosiy tahlil qilish, tegishli hudud aholisning etnik tarkibi, demografik jarayonlari va ularga ta'sir qilgan omillarni koʻrsatib beradi. Ayni paytda bunday turdagi joy nomlarini manbashunoslik hamda tarixshunoslik aspektida koʻrib chiqish, joy nomlarini oʻrganish sohasi tarixiy toponimiyaning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, ushbu maqolada ochib berish rejalashtirilgan Oʻrta Osiyo xonliklariga tashrif buyurgan rus va xorij sayyohlarining safarnomalari asosida xonliklardagi turkiy etnonimlar bilan bogʻliq joy nomlarini tadqiq etish mahalliy manbalarda qayd etilmagan ayrim boʻshliqlarni toʻldirishga xizmat qiladi.

Tadqiqotning asosiy maqsadi, koʻrsatilgan davrdagi safarnomalardagi turkiy etnonim bilan bogʻliq joy nomlarining Buxoro amirligi, Xiva va Qoʻqon xonliklari aholisining etnik tarkibini oʻrganishdagi manbaviy ahamiyatini e'tirof etish, hududiy identikligi hamda ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi oʻrnini aniqlashdan iborat.

Maqolada tarixiy tadqiqotlarda qoʻllaniladigan tizimli tahlil, davrlashtirish, muammoviy-xronologik, shuningdek, toponimik tadqiqotlarda qoʻllaniladigan joy nomlarini toponimik qatlamlashtirish, genetik analiz kabi tadqiqot usullaridan foydalanildi.

Tadqiqot natijasida safarnomalarning umumiy manba sifatidagi oʻrni va ulardagi turkiy etnotoponimlarning oʻzbek xonliklarining etnik tarixini oʻrganishdagi nazariy-amaliy jihatlari tahlil qilindi.

Загрузки

Nashr etilgan

2024-12-05

Tashkent Uzbekistan
nashriyot@tsuos.uz
Call : +998712334521