+998712334521 nashriyot@tsuos.uz
Impact Factor
6.978
Country
Uzbekistan

AMIR TEMUR VA YILDIRIM BOYAZID O‘RTASIDAGI MUHORABA AVVALIDA YAQIN SHARQDAGI XALQARO VAZIYAT

muallif

  • Ulug‘bek Abdullayev

DOI:

https://doi.org/10.37547/ot/vol-03-02-14

Muhim iboralar:

Amir Temur, Karl VI, Usmonli turk imperiyasi, Anqara jangi, Yildirim Boyazid

Annotatsiya

Maqolada XIV asr oxiri XV asr boshidagi Yaqin Sharqdagi siyosiy vaziyat, Amir Temurning mintaqa tarixida tutgan o‘rni va roli tahlil etilgan. Amir Temurning 1399-1404-yillarda olib borgan harbiy yurishlari natijasida Shomning Halab (Aleppo), Xums, Baalbek (Baʻalbak), Dimishq (Damashq) kabi yirik shaharlari va Iroqi Arabning Ubuliston o‘lkasi (qad. Kappadokiya) bilan Bag‘dod, shuningdek Turkiyaning katta qismi zabt etiladi.

Amir Temurning Yaqin va O‘rta Sharq hududlariga qilgan ko‘p yillik yurishlari mintaqa tarixida muhim harbiy-siyosiy ahamiyatga ega bo‘ldi. Eng avvalo, puxta ishlangan harbiy-strategik reja to‘la amalga oshirildi va bu hududlardagi mayda tarqoq feodal hukmdorlar kuchli markazlashgan davlatga birlashtirildi.

Amir Temur faoliyatiga g‘arazgo‘ylik bilan bir yoqlama yondashganlarini, maʻlum siyosiy manfaatlarni ko‘zlab, tarixni soxtalashtirganini ko‘rsatadi. Keyingi yangi tadqiqotlar va mustaqillik sharofati tufayli tug‘ilgan tarixni haqqoniy baholash tamoyillari Amir Temurning siyosiy-ijtimoiy-iqtisodiy qarashlarini tubdan qayta o‘rganish lozimligini taqozo etadi.

Tarixni to‘g‘ri yoritmasdan, tarixiy shaxslarning xizmatlarini haqqoniy baholamasdan turib, kelajakning chinakam maqsadlarini to‘la anglab bo‘lmaydi. Shu maʻnoda mamlakatimizni bir necha asr hukm surgan mo‘g‘ul asoratidan xalos qilib, mustaqil mamlakat qurgan va uni jahonning kuchli, yetakchi davlatlaridan biriga aylantira olgan Amir Temurning hayoti va faoliyatini o‘rganish O‘zbekistonning kelajagi bo‘lgan yosh avlod maʻnaviyatini, milliy g‘ururini yuksaltirishda, ularni Vatanga cheksiz muhabbat ruhida tarbiyalashda nihoyatda katta ahamiyatga egadir.

Загрузки

Nashr etilgan

2024-12-05

Tashkent Uzbekistan
nashriyot@tsuos.uz
Call : +998712334521