+998712334521 nashriyot@tsuos.uz
Impact Factor
6.978
Country
Uzbekistan

ISM SO‘Z TURKUMINING TURLANISHIGA TA’SIR QILUVCHI OMILLAR (SAYYID SHARIF JURJONIYNING “NAHVI MIR” ASARI MISOLIDA)

muallif

  • Buzahro Begmatova
  • Zulfiya Shakirova

DOI:

https://doi.org/10.37547/ot/vol-03-02-07

Muhim iboralar:

nahv, grammatika, morfologiya, fleksiya, e’rob, omil, mabniy, mu’rab, lafziy, ma’naviy.

Annotatsiya

Hech kimga sir emaski, respublikamizda chet tillarini o‘rganish va o‘rgatishga katta e’tibor qaratilmoqda. Chunki, jahon hamjamiyatidan o‘ziga munosib o‘rin egallashga intilayotgan mamlakatimiz dunyoning ko‘pgina mamlakatlari bilan turli sohalarda aloqalar o‘rnatmoqda va bu albatta chet tillarini, jumladan arab tili tarixi va grammatikasini, qolaversa bu tilning dunyo tillaridan biri sifatida chuqur o‘rganilishiga yana bir sabab bo‘lmoqda.

Ma’lumki, ona tilimizda mavjud oltita kelishik, arab tilida uchta kelishikda mujassamlashgan: ular bosh, qaratqich va tushum kelikshiklaridir. Bosh kelishik olti o‘rinda, qaratqich kelishigi ikki o‘rinda, tushum kelikshigi esa o‘n bir o‘rinda ishlatiladi va mana shu kelishiklarda turlanuvchi so‘zlar “mu’rab”, deb nomlanadi. Shuningdek, arab tilida so‘zlarni “mabniy”, yani o‘zgarmaydigan turi ham mavjud.  Mu’rab so‘zlar xoh ism bo‘lsin xoh fe’l, gapda bajaradigan vazifasiga ko‘ra va albatta biror omil ta’sirida turlanadi yoki tuslanadi. Bundan ko‘rinib turibdiki, omillar va ularning turlari arab nahvida muhim o‘ringa ega bo‘lgan mavzulardan bo‘lib, ko‘pgina mashhur tilshunos olimlar uni yoritishga harakat qilganlar. Ana shunday tilshunoslardan biri Sayyid Sharif Jurjoniy bo‘lib, olim o‘zining “Nahvi Mir” asarida omil turlari, ularning ta’sir doirasi borasida muhim ma’lumotlarni keltirib o‘tgan va ularni misollar orqali ilmiy tahlil qilgan.

Mazkur maqolamizda mashhur nahvshunos olim Sayyid Sharif Jurjoniyning e’rob omillariga oid nazariyalariga to‘xtalib, ularning fikrlarini qiyosiy tahlil qilishga va shu orqali arab nahvida bu mavzu qanday yoritilganini tahlil qilishga harakat qildik.

Загрузки

Nashr etilgan

2024-12-04

Tashkent Uzbekistan
nashriyot@tsuos.uz
Call : +998712334521