SHOIR MUSHKINNING CHOP ETILMAY QOLGAN SHEʼRLARI
DOI:
https://doi.org/10.37547/ot/vol-03-02-01Muhim iboralar:
Mumtoz adabiyot, qalb sadolari, bayt, ravon, nola, qalam tebratmoq, toʻplam, matbuot tarqatish, xotirlamoq, yozma meros.Annotatsiya
Mumtoz adabiyot tarixida koʻplab yozma manbalar tadqiq etilgan. Shu bilan birga hali oʻrganilmagan, nomi ilmiy jamoatchilikka, oʻquvchilar ommasiga tanish boʻlmagan madaniy meros ham bor. Ular faqatgina Oʻrta asr ijodkorlari emas, balki ular ichida bugungi kunimizga yaqin tarixda yashaganlar ham bor. Kechagi kun ham biz uchun tarix. Yaqin oʻtmishimizda ham savod arab xati asosidagi turkiy yozuvda yoki jadidlar islohidan keyingi imloda chiqarilgan. Shunday ekan, bugungi manbashunos va matnshunos oldida nafaqat Oʻrta asr manbalari, balki yaqin tariximizga oid manbalarni ham topib, ilmiy jamoatchilikka taqdim qilish vazifasi turibdi.
Ushbu maqolada maʼlumot berilayotgan ijodkor ham bizga juda yaqin yillari yashab oʻtgan shoir. Uning yozma merosining faqat bir qismi bizning qoʻlimizda mavjud. Ana shu sheʼrlardan ham bilish mumkinki, bu muallif yaxshigina isteʼdod egasi, savodi oʻtkir, dunyoqarashi keng bir ziyoli shaxs boʻlgan. Oʻsha davrda balki sharoit taqozosi yoki boshqa sabab bilan gazetalar sotiladigan doʻkonchada ishlagan. Sheʼrlarining mavzu doirasi turlicha. Xullas, oʻz davri madaniy muhiti haqida maʼlumot beradigan sheʼrlar guldastasidir.