O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI PARLAMENTLARARO HAMKORLIGINING O‘ZIGA XOSLIGI
DOI:
https://doi.org/10.37547/ot/vol-03-01-22Muhim iboralar:
taraqqiyot strategiyasi, «O‘zbekiston — 2030» strategiyasi, parlamentlararo do‘stlik guruhlari, Oliy majlisning an’anaviy va periferik sheriklari, parlamentlararo hamkorlik, parlamentlararo do‘stlik guruhlari, xalqaro va mintaqaviy parlamentlararo tashkilotlar.Annotatsiya
Tadqiqot doirasida xalqaro munosabatlarni mustahkamlashda parlamentlararo hamkorlik, Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlari, xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirish orqali O‘zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash masalalari, parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirish, Oliy Majlis palatalarining xorijiy davlatlar parlamentlari va xalqaro tashkilotlar bilan samarali hamkorlik aloqalari o‘rganilgan. O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi, «O‘zbekiston — 2030» strategiyasida belgilangan ustuvor maqsadlarida amalga oshirish, Oliy Majlis parlamentlararo aloqalarining o‘ziga xosligi, parlamentlararo munosabatlar davlatning ochiq va pragmatik siyosat yuritishi bilan mustahkamlanayotganligi tahlil qilingan.
Parlament xalqaro aloqalarining takomillashishi Sh.Mirziyoyev tashabbuslari bilan yildan yilga jonlanayotganligi, parlamentlararo do‘stlik guruhlari qamrovining sezirlarli ortib borishi qiyosiy tahlil qilingan. Oliy Majlisning an’anaviy sheriklari — Markaziy Osiyo mamlakatlari, Rossiya Federatsiyasi, Xitoy Xalq Respublikasi, Turkiya Respublikasi bilan aloqalarining mazmuni, parlamentlararo aloqalarni «periferik» davlatlar bilan ham rivojlantirishning ehtimoliy muhim jihatlari o‘rganilgan. Bundan tashqari, Oliy Majlis qiziqish doirasida bo‘lgan AQSh, Yevropa Ittifoqi davlatlari, Janubi-Sharqiy Osiyo, Yaponiya, Janubiy Koreya, Yaqin Sharq mamlakatlari bilan ham parlament aloqalari o‘rnatilayotganligiga e’tibor qaratilgan. Shuningdek, Oliy Majlis va Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan amalga oshirilayotgan parlamentlararo munosabatlarning rivojlanishi tahlil qilingan, ushbu hamkorlarning tashqi siyosatda muhim o‘rin tutishi batafsil yoritilgan. Shu bilan birgalikda, Oliy Majlis parlamentlararo maydonlarda ishlashni ta’minlash va rivojlantirish maqsadida o‘rta va uzoq muddatlarda amalga oshirish uchun mo‘ljallangan istiqbolli takliflar ishlab chiqilgan.