TURKIYA TASHQI SIYOSATINING KONSEPTUAL HUQUQIY ASOSLARI VA ZAMONAVIY JIHATLARI
DOI:
https://doi.org/10.37547/ot/vol-03-01-19Muhim iboralar:
Turkiya Respublikasi, tashqi siyosat, Takrira-i sukun, Misaqi milliy, Adolat va taraqqiyot partiyasi, diplomatiya, yumshoq kuch, Turkiy davlatlar kengashi, TIKA, TURKSOY, Diyanet, Tukriy dunyo konsepsiyasi, xalq diplomatiyasi, madaniy diplomatiya.Annotatsiya
Tez o‘zgaruvchan va murakkab globallashuv sharoitida xalqaro munosabatlar va tashqi siyosat yondoshuvlarining o‘zgarishlar mahsuli sifatida paydo bo‘lgan progmatik tashqi siyosat, bugungi kunda siyosiy va harbiy nizolarning ortib borishi bilan yanada muhim ahamiyat kasb eta boshladi. Shu nuqtai nazardan rivojlangan mamlakatlar tashqi siyosatni amalga oshirishda turli zamonaviy yondoshuv va konsepsiyalardan foydalanishga e’tibor qaratmoqdalar.
Maqolaning obyekti sifatida Turkiya tashqi siyosati tanlab olingan bo‘lib, predmet sifatida uning konseptual huquqiy asoslari, zamonaviy jihatlari, ustuvor yo‘nalishlari hamda strategiyalari belgilab olingan.
Shuningdek, zamonaviy Turkiya tashqi siyosatining Turk dunyosiga qaratilgan strategiyasi, asosan Markaziy Osiyo va Kavkaz hududlaridagi joylashgan turkiyzabon davlatlarga nisbatan amalda qo‘llayotgan madaniy va xalq diplomatiyasi ham tadqiqotda ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot davomida Turkiya xalq diplomatiyasi Turk dunyosi munosabatlarida alohida o‘rni borligi ochib berilgan. Bundan tashqari, maqolada tashqi siyosat va diplomatiyaning samarali ta’siri hamda tashqi siyosatni amalga oshirishdagi yumshoq kuch vositasining istiqbollari borasida nazariy fikrlar ilgari surilgan.