BIRLASHGAN ARAB AMIRLIKLARINING ICHKI VA TASHQI SIYOSATIDA DIN OMILI
DOI:
https://doi.org/10.37547/ot/vol-03-01-18Muhim iboralar:
Din, ichki siyosat, tashqi siyosat, BAA, shariat huquqi, siyosiy ta’sir, diplomatiya, xalqaro munosabatlar, Yaqin Sharq, islomiy boshqaruv.Annotatsiya
Din Birlashgan Arab Amirliklarining (BAA) ichki va tashqi siyosatini shakllantirishda muhim rol oʻynaydi. Birlashgan Arab Amirliklari islomiy davlat sifatida qaror qabul qilish jarayonlarida diniy qadriyatlar va tamoyillarga asoslanadi. Ushbu maqolada din BAAning ichki va tashqi siyosatiga qay darajada ta’sir qilishini oʻrganishqa qaratilgan. Mamlakatda din BAAda birlashtiruvchi kuch boʻlib xizmat qiladi va ijtimoiy jipslikni saqlashga yordam beradigan umumiy qadriyatlar va e’tiqodlarni ta’minlaydi. Mamlakatning huquqiy tizimi shariat qonunlariga asoslanadi, u shaxsiy va jamoat hayotining barcha jabhalarini, jumladan, oilaviy masalalardan tortib, biznes bitimlarigacha tartibga soladi. Hukumat, shuningdek, maktab va masjidlar orqali islom ta’limotlarini toʻgʻri ravishda targʻib qilib, dinning jamiyatdagi ahamiyatini tushuntirib keladi. Tashqi siyosat nuqtai nazaridan din BAAning mintaqaviy va global muammolarga munosabatini shakllantirishda ham hal qiluvchi rol oʻynaydi. BAA xalqaro maydonda islom qadriyatlari va tamoyillarini ilgari surish, tinchlik, bagʻrikenglik va xalqlar oʻrtasidagi hamkorlikni targʻib qilishda yetakchi sifatida oʻzini namoyon qilmoqda. Mamlakatning tashqi siyosati islom tamoyillarini qo‘llab-quvvatlash va musulmonlar ko‘p bo‘lgan davlatlar bilan ijobiy munosabatlarni rivojlantirishga sodiqligi bilan asoslanadi. Umuman olganda, din BAAning ichki va tashqi siyosatini shakllantirish, qarorlar qabul qilish jarayonlariga rahbarlik qilish va mamlakatning turli masalalar boʻyicha pozitsiyasiga ta’sir qilishda markaziy omil hisoblanadi. Ushbu maqola BAA siyosatidagi dinning rolini har tomonlama tahlil qilib, islom qadriyatlari mamlakatning boshqaruv va xalqaro munosabatlarga yondashuvini qanday shakllantirishini yoritishga qaratilgan.