+998712334521 nashriyot@tsuos.uz
Impact Factor
6.978
Country
Uzbekistan

YEVROPAGA MIGRATSIYA VA QOCHOQLAR OQIMI: MINTAQA DAVLATLARINING MIGRATSIYA SIYOSATI

muallif

  • Dilshod Muydinov

DOI:

https://doi.org/10.37547/ot/vol-03-01-17

Muhim iboralar:

Yevropa davlatlari, migratsiya, qochoqlar, “Global qishloq”, migratsiya siyosati.

Annotatsiya

Yevropa mintaqasi bugungi kunda eng koʻp migratsiyani amalga oshirayotgan hududga aylanmoqda, migrantlar bilan birga mintaqaga noqonuniy yoʻllar bilan kirib keladigan insonlar jamoasi ham ma’lum darajada yuksalmoqda.Bunday ko’plab insonlar jamoasining qonuniy va noqonuniy yo’llar bilan kirib kelishiga Yevropa mintaqasidagi boshqa mintaqalarga nisbatan faravonlik darajasining yuqoriligi va sanoatning rivojlanganligi hamda dunyoda sodir bo’layotgan boshqa jarayonlar ham asosiy omillardan biridir.Yevropa mintaqasi uchun migrantlar yangi mavzu emas ushbu masala doirasida mintaqa davlatlari tarixda ham bugungi kunda ham tashqi va ichki siyosatda oʻz yollarini, taktikasini namoyon etgan. Migrantlarning ulushi oshib borishi bilan Yevropa mintaqasidagi migratsiya bugungi kunda eng koʻp etibor qaratilayotgan, uning sabablari, keltirilgan oqibatlari va natijalari har qachongidan ham koʻproq muhokamaga aylanayotgan mavzu hisoblanadi. Albatta, bu masalalarni o’rganishda migrantlarni va qochoqlarni qaysi hududlardan kelayotganli ham ahamiyatlidir. Maqolada mintaqa davlatlariga migrantlarning kirib kelishini turli davrlarda va turli xil siyosiy va iqtisodiy jarayonlardagi korinishi,Yevropada migratsiya qanday va nimadan boshlandi va uning oqibatlari, mintaqa davlatlarining migratsiya borasida siyosati boshida qanday edi va keyingi paytlardagi oʻzgarishlari haqida soʻz boradi. Bu boradagi Yevropa davlatlarining yondashuvi tarihi perspektivlikdan kelib chiqib ochiqlanadi va davriylik oʻzgarishlari koʻrsatib oʻtiladi. Maqolaning xulosa qismida, mavzu yuzasidan tegishli xulosa sifatida migratsiyaning hal boʻlishi qiyin jarayon ekanligi bayon qilingan.

Загрузки

Nashr etilgan

2024-11-26

Tashkent Uzbekistan
nashriyot@tsuos.uz
Call : +998712334521