+998712334521 nashriyot@tsuos.uz
Impact Factor
6.978
Country
Uzbekistan

O‘ZBEK XALQI ETNIK TARIXIGA OID TADQIQOTLARNING ASOSIY YO‘NALISHLARI VA ILMIY NATIJALARI

muallif

  • Valisher Abirov

DOI:

https://doi.org/10.37547/ot/vol-03-01-14

Muhim iboralar:

o‘zbek, etnogenez, etnik tarix, el, xalq, millat, etnograf, manbashunos, o‘zbek ulusi.

Annotatsiya

Mustaqillik yillarida Respublikamizda o‘zbek xalqi etnogenezi va etnik tarixi masalasi yuzasidan olib borilgan izlanishlar tufayli ko‘plab ilmiy yutuqlarga erishildi. Mintaqaning turli hududlarida etnografik, arxeologik, antropologik ekspeditsiyalar uyushtirildi, qadimgi qo‘lyozma manbalar o‘rganildi, ilmiy – madaniy tadqoqotlar olib borildi, mavzuga oid xalqaro, respublika miqyosida konferensiya va anjumanlar o‘tkazildi. Hozirgi kunda, muammo doirasida nashr etilgan monografiyalar, dissertatsiyalar, ilmiy to‘plamlar, maqola va tezislarni xolis, yaxlit holda tizimli o‘rganish, tahlil etish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

O‘zbekistonning mustaqil davlat sifatida 30 yildan ortiq davri davomida o‘zbek xalqi etnogenezi va etnik tarixiga bag‘ishlangan ilmiy adabiyotlarni tarixshunoslik jihatidan o‘rganish, yutuq va kamchiliklarini qiyosiy tahlil etib, ularning ilmiy ahamiyati va tarixiy haqqoniyligini aniqlash, bu boradagi bilimlar rivojini kuzatish, mualliflarning muammoni o‘rganish metodologiyasi, konsepsiyasi va ilmiy natijalarini ko‘rsatish Yangi O‘zbekistonning tarixshunoslik va etnologiya sohasida amalga oshirilishi dolzarb bo‘lgan tadqiqot ishi ekanligini belgilab beradi.

O‘zbekiston hududidagi milliy davlatchilik tarixi 3 ming yildan ziyod davrni tashkil etadi. Mustaqillik yillarida o‘zbek xalqining etnogeneziga (xalq sifatida shakllanishi) oid tadqiqotlar bilan bir qatorda, uning etnik tarixi, ya’ni xalq sifatida shakllanib bo‘lgandan keyingi tarixini o‘rganish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ammo mahalliy olimlar orasida etnogenez va etnik tarixni ajratib turuvchi mezonlarni tanlash bo‘yicha ham farqlar mavjud. Ba’zilar etnik tarixni xalqning eng qadimgi ajdodlari paydo bo‘lgan davr bilan bog‘lasa, boshqalar etnik tarixni IX-XII asrlar, ya’ni o‘zbeklarni xalq sifatida shakllangan davridan boshlanadi, deb hisoblaydi. O‘zbek xalqining etnik tarixi yuzasidan ko‘plab tadqiqotlar chop etilgan. Tadqiqotlardagi aksariyat xulosalar bir-biriga o‘xshash, hatto sovet davri izlanishlari xulosalariga ham o‘xshash. Bu holat fanning rivojlanish darajasini qanday ekanligi ko‘rsatib beruvchi ko‘rsatkich bo‘lib, nazariy-metodologik jihatdan mahalliy olimlar sovet davridagi qarashlari doirasidan chiqib ketolmayotganiligi ko‘rsatadi.

Загрузки

Nashr etilgan

2024-11-15

Tashkent Uzbekistan
nashriyot@tsuos.uz
Call : +998712334521