KAMOLIDDIN BEHZODNING TEMURIYLAR DAVRI MINIATYURASI VA ERON RASSOMCHILIGI RIVOJIDAGI HISSASI
DOI:
https://doi.org/10.37547/ot/vol-03-01-10Muhim iboralar:
miniatyura, Hirot uslubi, Kamoliddin Behzod, temuriylar, kompozitsiyaAnnotatsiya
Temuriylar davridagi Hirot maktabi Eronda badiiy yuksalishning alohida davri hisoblanadi. Temur va uning davomchilari turli san’atkorlarni qo‘llab-quvvatlash va ularni Hirotda to‘plash uchun tinimsiz sa’y-harakatlar qiladilar, bu esa turli san’at sohalarida Hirot maktabining paydo bo‘lishiga olib keladi. Shubhasiz, Kamoliddin Behzod kabi san’at namoyandalarining paydo bo‘lishi o‘sha davrdagi qulay ijtimoiy sharoit va Temuriylar podshohlarining qo‘llab-quvvatlashi samarasidir. Behzod Temuriylarning san’atsevar podshohlari homiyligida Eron rassomchiligida yangiliklarga ega bo‘lib, bu nafaqat Hirot maktabida, balki Eron badiiy tarixida ham yangilik sanaladi. Ushbu maqolada Temuriylar davrining ijtimoiy-siyosiy sharoitlarini hisobga olgan holda, Kamoliddin Behzodning naqqoshlik va miniatyura san’atining kengayishiga qo‘shgan hissasi, asarlarining Eron rassomchiligining rivoji va evolyutsiyasiga ta’siri o‘rganilgan.