TILSHUNOSLIKDA “KONSEPT” BIRLIGI VA UNING O‘RGANILISHI
DOI:
https://doi.org/10.37547/ot/vol-03-01-09Muhim iboralar:
Konsept, kognitiv tilshunoslik, lingvomadaniyatshunoslik, til, qatlam, millat, ma’no, lingvistika.Annotatsiya
Tilshunoslikda konsept masalasi va uning fanga kirib kelishi kognitiv lingvistikani rivojlanishining o‘ziga xos tomoni xisoblanadi. Shunga ko‘ra, maqolada konseptning fanga kirib kelguncha rivojlanish bosqichi, fanga kirib kelishi va fanga kirib kelgandan so‘ng turli xil olimlarning fikrlari va tadqiqotlari haqida so‘z boradi. Yaqin o‘n yil mobaynida tilshunoslikda konsept haqidagi fikr va mulohazalar hamda undan chiqarilgan xulosalarga asoslanib “konsept” tushunchasiga asosiy ta’riflar beriladi.
Konsept haqidagi tadqiqotlardan kelib chiqib shuni ytish mumkinki, turli madaniyatlarda konseptlar olami turlicha aks etadi. Konsept xalq madaniyati ta’sirida vujudga kelgan birlik bo‘lib, leksik, frazeologik vositalar orqali millat lingvomadaniyatini ochib berishga xizmat qiladi. Konseptni har bir millat o‘z dunyoqarashi va mentaliteti orqali tasavvur qiladi. Bu voqelik kognitiv tilshunoslik va lingvomadaniyatshunoslik jihatidan olamning lisoniy tasviri sifatida qaraladi.
Demak, xulosa qilib shuni aytish mumkinki, konsept ko‘rinmas tafakkur kategoriyasi va bu uning izohlanishi uchun katta imkoniyat yaratadi. Konsept bir-biriga bog‘liq, bir butun qoidaga ega g‘oyalar yig‘indisi. Konsept tushunchaning obrazda, mazmun va belgida aks etuvchi tarkibiy shakllarida mujassamlashgan mohiyatidir. Konsept matnda bir butun ko‘rinishda namoyon bo‘lib, matnda aks etgan mazmunni ochib berishga xizmat qiladi.