GʻADA AS-SAMMAN VA ZULFIYA QUROLBOY QIZI HIKOYALARIDA PORTRET VA NUTQIY XARAKTERISTIKA
DOI:
https://doi.org/10.37547/ot/vol-03-01-05Muhim iboralar:
Badiiy psixologizm, badiiy obraz, ruhiyat, psixologik tahlil, psixologik realizm, magik realizm, nutqiy xarakteristika, psixologik portret, dinamik portret, statik portret.Annotatsiya
Zamonaviy Suriya-Livan yozuvchisi Gʻada as-Samman va oʻzbek yozuvchisi Zulfiya Qurolboy qizi ijodida oʻzaro mushtarakliklar va tutash nuqtalay koʻp uchraydi. Shulardan biri – ayollar mavzusi boʻlib, adibalar ijodida alohida ahamiyatga ega. Ayol ruhiyati musavviri boʻlgan mazkur ikki adiba oʻz asarlarida Sharq ayollarining qismati, achchiq taqdiri, ayolning jamiyat va oiladagi mavqei, oilaviy qadriyatlar va unda ayolning vazifalari hamda mazkur jarayonlardagi murakkabliklar haqida yozadi.
Mazkur maqolada Gʻada asSamman hamda Zulfiya Qurolboy qizi hikoyalarida psixologizm va psixologik tahlil masalasi hamda ikki adiba ijodidagi oʻzaro mushtarakliklar tadqiq etilgan. Unda adibalar uslubidagi oʻxshashliklar hamda psixologik tahlilining nutqiy xarakteristika hamda psixologik kabi vositalaridan foydalanish va qahramon ichki olamini ochib berish mahorati ochib berilgan. Yozuvchi Gʻada asSamman va Zulfiya Qurolboy qizi oʻz ijodida nutqiy xarakteristika, portret kabi psixologik tahlil vositalaridan mohirona foydalanib, psixologik va magik realizm unsurlari bilan boyitilgan nasriy asarlar yaratib kelmoqdalar. Xususan, ular ijodida psixologik tasvir vositalari, ichki nutq va ichki monolog konseptining voqelanishi muhim ahamiyat kasb etadi. Turli mamlakatlarda yashab ijod qilgan, oʻzaro aloqalari va taʼsiri mavjud boʻlmagan ikki adiba ijodidagi oʻxshash gʻoyalar, muallif maqsadining uygʻunligi, jamiyatdagi voqeliklarga munosabatidagi mushtarakliklar, avtor uslubidagi uygʻunlik Gʻada as-Samman va Zulfiya Qurolboy qizining oʻz zamonasining ijtimoiy muammolarini shaxsiy muammo darajasida tasvirlay olgan, zamonaviy adabiy jarayonlarda maʼlum bir siljish, yuksalishga taʼsir koʻrsatgan ijodkorlar safiga kirishini dalillaydi.