XITOYLIK SAYYOH SHYUAN ZANGNING “BUYUK TAN SAYOHATNOMASI” ASARI VA “SIN TAN SHU” MANBASINING O‘ZIGA XOS JIHATLARI
DOI:
https://doi.org/10.37547/ot/vol-03-01-03Muhim iboralar:
Shyuan Zang, “Buyuk Tan sayohatnomasi”, Sharqiy Turkiston, “Sin Tan Shu”, Gʻarbiy mamlakatlar, buddizm, Suye, Mingbuloq, Issiqkoʻl, Muzart, Shi gou, Pomir togʻlari, Hindiston.Annotatsiya
Ushbu maqolada 627-yilda Hindistonga buddizm dinini oʻrganish maqsadida safarga otlangan xitoylik sayyoh Shyuan Zangning Markaziy Osiyoga tashrifi chogʻida yurtimiz tarixiga oid ma’lumotlar qayd etilgan “Buyuk Tan sayohatnomasi” asari haqida soʻz boradi. Sayyoh Markaziy Osiyo orqali Hindistonga boradi va safar davomida oʻzi guvoh boʻlgan voqea hodisalarni, bir nechta davlatlarning geografik joylashuvini, mintaqamizning oʻrta asrlardagi aholisi, etnografiyasi, kundalik turmush tarzini yorituvchi qimmatli ma’lumotlarni sayohatnomasiga yozib boradi. Markaziy Osiyodagi bir qancha davlatlar va ularga olib boruvchi yoʻllarning masofasi sayohatnomada aniq koʻrsatiladi hamda Markaziy Osiyo tarixiga oid toponomik ma’lumotlar ketma-ketlikda beriladi.
Xitoylik sayyoh Shyuan Zang Sharqiy Turkistonning gʻarbiy hududlaridan yoʻlga chiqib, hozirgi Qozogʻiston, Qirgʻiziston Respublikalariga qarashli hududlarga va yurtimizga tashrif buyurishi hamda bu vaqtdagi taassurotlari aks ettiriladi. Sayohatnomada berilgan joy nomlarining hozirgi kundagi joylashuvi va nomlari aniqlandi. Shu bilan birga, maqolada xitoylik tarixchi Ouyan Syuning “Sin Tan shu” asari va Shyuan Zangning “Buyuk Tan sayohatnomasi” asaridagi oʻxshash va bir birini inkor etuvchi ma’lumotlar oʻrganilgan. Bu borada olib borilgan oʻzbek, rus va xitoylik tarixchilarning ilmiy tadqiqot ishlaridan xulosalar keltirilgan. Maqolada ikki muhim manbadagi ma’lumotlar berilgan va tadqiq qilingan.