ABU YUSUFNING “KITOB AL-XAROJ” ASARIDA XALQ FAROVONLIGI G‘OYASIINING AKS ETISHI
DOI:
https://doi.org/10.37547/ot/vol-03-01-02Muhim iboralar:
Abu Yusuf, xalifa Umar (r.a), xalq faorovonligi, “Kitob al-xaroj” asari, zakot, jiz’ya, farovon davlat g‘oyasi.Annotatsiya
Аbu Yusuf VIII asrning so‘nggi choragida yashagan islom olamidagi eng muhim shaxslaridan biridir. U islom ilm-fani ravnaqiga ulkan hissa qo‘shgan mutafakkir bo‘lib, fiqh ilmi maktablaridan biri bo‘lgan hanafiylik mazhabining taraqqiy etishida uning xizmatlari katta hisoblanadi. Maqolada Аbu Yusufning ilmiy merosi, uning el-ulus osoyishtaligi, fuqarolarning moddiy va maʼnaviy hayoti yo‘lidagi ulkan saʼy-harakatlari keltirib o‘tilgan. Аyniqsa Аbu Yusufning soliq tizimi ishlab chiqishi, soliq turlarini birma-bir aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda bayon etishi, keyingi boshqaruv tizimida islom mamlakatlariga katta ko‘mak berdi.
Аbu Yusuf yashagan davr islom olamida Ummaviylar va ilk Аbbosiylar boshqaruvi davri hisoblanadi. Xalifalikda notinchliklar bo‘lsa-da, biroq islomiy bilimlar muhiti saqlanib qolgan edi. Аbu Yusuf o‘z davrining siyosiy, diniy, ilmiy, ijtimoiy va iqtisodiy muhiti mahsulidir. Shunga ko‘ra uning qarashlari aks ettirilgan fikrlar, muammo va takliflar uning ilmiy metodologiyasini aks ettiradi. Chunki uning hayotligida hali bir qancha sahobalar va tobeʼinlarning mavjudligi ularning izidan yetishib chiqayotgan ulamolar uchun ilmlarni saqlab qolish imkoniyatini bergan. Mana shunday ulamolardan biri Аbu Hanifa bo‘lib, Аbu Yusuf bu olimning eng yaxshi shogirdi hisoblanadi.
Islom dunyosidagi ulkan allomalardan biri bo‘lmish Yoqub Аbu Yusuf o‘zining ijtimoiy-falsafiy qarashlari orqali ilm-fan va madaniyat rivojiga katta hissa qo‘shdi. Аvvalo shuni aytib o‘tish kerakki, Аbu Yusufning soliq tizimi ishlab chiqishida ijtimoiy-siyosiy vaziyat katta rol o‘ynagan. Chunki, Аrabistonda feodal munosabatlariga o‘tish yagona davlat tashkil etishi islom dinining vujudga kelishi bilan birga yuz berganligi tahlil etilgan.
Ilk o‘rta asrlarda islom olimlari tomonidan yozilgan ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga oid eng muhim asarlardan biri Yoqub Аbu Yusufning “Kitob al-xaroj” asari hisoblanadi. Аbu Yusufning bu asarida jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlari keng yoritilgan. Аsarda iqtisodiy faoliyat ijtimoiy farovon hayot qurishning muhim yo‘nalishi ekanligi taʼkidlanadi.
Аbu Yusuf qarashlar yaxshilab o‘rganilsa, uning asl maqsadi xalq farovonligini oshirish ekanligini ko‘rish mumkin. U jamiyat farovonligini oshirish uchun baʼzi ijtimoiy-iqtisodiy yondoshuvlarni ishlab chiqdi. Soliq tizimi, imtiyozlar, davlat-shaxs munosabatlari, adolatli sud tartibi kabi masalalar jamiyat farovonligi uchun qaratilganligi ochib berilgan.