SIYOVUSH KASROIY SHERIYATIDA POETIK ANANALAR
DOI:
https://doi.org/10.37547/ot/vol-02-01-14Muhim iboralar:
poetik anʼanalar, Siyovush Kasroiy, afsonaviy motivlar, anʼanaviy obrazlar, Avesto, Firdavsiyning “Shohnoma” si, Orash obrazi.Annotatsiya
Maʼlumki, Sheʼriyat Eronning ijtimoiy tafakkur ahli uchun asrlar davomida oʻziga xos ahamiyatga ega boʻlib kelgan. Eronda shaxsning axloqiy normalari qadim zamonlardan beri sheʼriy tarzda shakllantirilgan. Sharq xalqlari adabiyotini, xususan fors sheʼriyatini tadqiq qilish uchun uning asosiy negizlarini bilish, sheʼr ilmining klassik va zamonaviy muammolari, oʻziga xos jihatlarini ochib bera olish kabilar tadqiqotchidan talab qilinadigin muhim omillardan sanaladi. XX asr Eron demokratik sheʼriyatining rivojlanishi unda ijtimoiy mavzuning kuchayishi bilan mashhur edi. Sheʼriyat muammolarining zaruriy ijtimoiy masalalar bilan uzviyligi sheʼriy ongning tubdan oʻzgarishiga olib keldi. XIX-XX asrlar davomida yevropa sheʼriyatining rivojlanishi ratsionalistik sheʼriyatdan xalos boʻlish va verlibrni tasdiqlash belgisi ostida borayotgan edi. Sheʼriyatning asosiy janriy uslublari oxirgi yillarda qisqa lirik sheʼrlarni tashkil etmoqda. Shoir shahar koʻchalarida xunarmandlar ustaxonasi, xiyobonlar va changli koʻchalarda koʻrgan maishiy manzarani ifodalashi zamonaviy fors sheʼriyati uchun yangilik edi. Bunday janrlarda yaratilgan eng yaxshi asar chinakam realistik ruhda yozilgan asarlardir. Hozirgi davr Eron sheʼriyatining adabiy oqimi va yangi sheʼriy shakl va janrlarning 1970-1980-yillardan keyingi rivoji, janr va uslublar taraqqiyoti, davr sheʼriyatining badiiy xususiyatlarini tadqiq etish maqolaning asosiy ilmiy maqsadini tashkil etadi. Mazkur maqolada qadimiy afsonalarning zamonaviy adabiyotda aks etishiga doir qarashlar eronlik shoir Siyovush Kasroiy ijodi misolida tahlil etiladi. Shuningdek, konkret afsonaviy obrazlarning qiyosiy tadqiqi asosida anʼana va novatorlik masalasi yoritiladi.