+998712334521 nashriyot@tsuos.uz
Impact Factor
6.978
Country
Uzbekistan

MILLIY ADABIYOT DAVRINING YOʻLBOSHCHI SHOIRI ZIYO GOʻKALP SHEʼRIYATI

muallif

  • Nigora Azizova

DOI:

https://doi.org/10.37547/ot/vol-02-01-13

Muhim iboralar:

Ziyo Goʻkalp, milliy adabiyot, maʼrifatparvarlik, turkchilik, vatan, sheʼriyat, vazn, misra, yosh qalamkashlar, tahlil.

Annotatsiya

Mazkur maqolada turk maʼrifatparvar shoiri Ziyo Goʻkalp ijodi, xususan, vatan mavzusidagi sheʼrlari tahlil qilingan. “Turon” (“Türân”), “Vatan” (“Vatan”), “Turkchilik” (“Türklük”) singari sheʼrlari shu­ning­dek, “Qoʻlsiz xonim” (“Kolsuz Hanım”) nomli ertagining mohiyati, gʻoyasi va mazmuni oʻrganilgan. Ziyo Goʻkalp sheʼrlaridagi ichki kechinmalar, turk xalqining hayoti, tarixi va kelajagi, sevinchi va iztirobi qanday ifoda etilgani misollar bilan sharhlab berilgan. Tarixiy shaxslar asosida yaratilgan lirik qahramonlarning vatan­par­varligi, yurt ravnaqi yoʻlidagi fidoiyligi, mardligi va jasorati yosh avlodga ibrat qilib koʻrsatilgani ham tilga olin­gan. Shoirning hayot yoʻli, ijodiy merosi haqida ham maʼlumot berilgan, uning turk tili va adabiyotiga qoʻshgan hissasi ilmiy tadqiq etilgan. Milliy adabiyot davrining dastlabki jurnali hisoblangan “Yosh qalamkashlar” (“Genç Kalemler”) faoliyatidagi oʻrni ham maqolada zikr etilgan. Shoirning turkchilik haqidagi qarashlari ilmiy-badiiy asarlari tahlili misolida ochib berishga harakat qilingan. Shuningdek, turk adabiyotshunoslarining shoir ijodi haqidagi fikr-mulohazalariga ham alohida eʼtibor berilgan.

Загрузки

Nashr etilgan

2024-10-30

Tashkent Uzbekistan
nashriyot@tsuos.uz
Call : +998712334521