ZAMONAVIY MISR YOZUVCHISI SALVA BAKR IJODIY OLAMI
DOI:
https://doi.org/10.37547/ot/vol-02-01-12Muhim iboralar:
Arab dunyosi, Misr adabiyoti, qisqa hikoya, roman, an’ana va novatorlik, milliy meros, realizm, modernizm, postmodernizm, “Yangi mavj” oqimi, “Yangi roman”oqimi, qisqa roman.Annotatsiya
Arab dunyosi xilma-xil va rang-barangdir. Har bir arab mamlakatining o‘ziga xos madaniyati, adabiyoti mavjud. Zamonaviy Misr adabiyoti, xususan, romannavisligi o‘zining sermahsulligi va ijodkorlar uslubining o‘ziga xosligi bilan o‘z milliy xususiyatlarini namoyon qiladi.
XX asrning ikkinchi yarmida Sharq adabiyoti takomilida yangidan-yangi estetik dunyoqarashlar xilma-xilligi va badiiy estetik tafakkur o`ziga xos o`rin egalladi. Bu esa o`z o`rnida Sharq adabiyotining G`arb adabiyotiga va aksincha, G`arb adabiyotining Sharq adabiyotiga bo`lgan ta`srini sezilarli oshishiga olib keldi. Kundan kunga takomillashib borayotgan realizm metodi boshqa bir qancha adabiy oqimlar bilan birga qo`shilib o`ziga xos joziba kasb etdi. XX asrning 60-yillariga kelib esa Misr adabiyotida yangicha oqim “ Yangi mavj” oqimi vujudga keldi. Bunda g`arb adabiyoti ta`sirida o`zlashgan modernizm tamoyillari-yu, realizm va milliy adabiyot unsurlari bir-birini to`ldirib, uyg`unlashib ketdi.
Bu davrda umumjahon adabiy jarayonlar ta’siri natijasida bir qator Misr adiblari arab xalqining dunyoqarashi, qadriyatlari, milliy xususiyatlariga mutanosib bo‘lgan asarlarni yaratdilar. Bu davrga kelib ( القصة القصيرة- al-qissa al - qasira) – hikoya janri Misr adabiyotining yetakchi janrlaridan biriga aylandi. Misr hikoyanavisligidagi ana shunday tamoyillarni Muhammad Hofiz Rajab, Ibrohim Aslan, Diya ash-Sharqoviy, Jamol al-G`itoniy, Muhammad al-Bustoniy, Majid Tobia, Abdal-Hakim Qosim, Ahmad Hoshim ash-Sharif, Hasan Muhassib, Yahyo at-Tohir Abdulla, Baha Tohir va boshqalarning ijodida ko‘rish mumkin. Yuqorida nomi zikr etilgan “yangi mavj” oqimi tarafdorlari dastlab hikoyanavislikda o`zlarini sinab ko`rishdi. 1967-yilda Misr-Isroil o`ratasidagi bo`lib o`tgan 5 kunlik urush, tushkunlik, va ma`yus kayfiyat ushbu hikoyalarda o`z aksini topdi. Ko`pchilik yozuvchilar avval o`zlarini hikoya janrida sinab ko`rdilar va keyinchalik esa roman janriga o`tdilar. Romanchilikda esa Najib Mahfuz, Yusuf Idris, Abd al-Hakim, Yahyo Abdulla, Jamol al-G`itoniy, Diya ash-Sharqoviy, Sunalloh Ibrohim,Yusuf al-Quayid “Yangi roman” namunalarini yaratdilar. Misr romanchiligi zamonaviy bosqichda milliy meros an`analari va jahondagi adabiy jarayonlar ta`siri ostida uyg`unlashib yangi qiyofa kasb etdi. Zamonaviy Misr romanchiligidagi tasviriy-ifodaviy vositalarning boyligi,o`ziga xos maftunkor olamini misrlik adiba Salva Bakr ijodida ham kuzatishimiz mumkin.