+998712334521 nashriyot@tsuos.uz
Impact Factor
6.978
Country
Uzbekistan

XX ASR IKKINCHI YARMI XITOY ADABIYOTIDA ROMANNAVISLIK RIVOJIDA YUY HUA OʻRNI

muallif

  • Maktuba Ashurova

DOI:

https://doi.org/10.37547/ot/vol-02-01-11

Muhim iboralar:

“Xayot”, Yuy Hua, “yangi davr xitoy adabiyoti”, wen yan, bai hua (百 话), “madaniy inqilob”, realizm, obraz, urush.

Annotatsiya

Zamonaviy xitoy adabiyotida romanchilik salmoqli qismni tashkil etib, hanuzgacha ilmiy eʼtibor­ga loyiqdir. Mazkur maqolada tahlilga tortilgan mavzu zamonaviy xitoy adabiyotida roman janri shakl­la­nishidagi ijtimoiy-siyosiy va madaniy omillar; zamonaviy xitoy nasrida “Madaniy inqilob”ning aks ettirilishini oʻrganish; zamonaviy nasrda yaratilgan asarlarda inqilobning salbiy oqibatlarini tadqiq qilish masa­lalariga bagʻishlangan. Maqolada xitoy zamonaviy adabiyotida romanchilik janrining rivojlanish tamoyillari xronikal tartibda yoritilgan, hamda xitoy adabiyotining yorqin vakili Yuy Hua qalamiga mansub “Hayot” romani tahlil qilingan. Yuy Hua xitoy zamonaviy adabiyotining oʻz yoʻnalishiga ega kuchli qalam sohibidir. Uning asarlari oʻquvchini tushkunlikka soladi, sababi muallif asarlarining koʻpchiligi kuchli dard va his-hayajon bilan yozilgan. Odatda yozuvchilar asar­larida oʻzlari yashab turgan ijtimoiy muhitda boʻlayotgan voqea-hodisalarni yozadilar. Mazkur maqolada mual­lif­ning realistik yoʻnalishda yozilgan “Hayot” romanida hayot va oʻlim, yashamoq va yashab qolmoq, xitoy-yapon urushining salbiy oqibatlari bosh qahramon ruhiyatining evolyutsiyasi masalalari misollar orqali tahlil etilgan.

Maqolada “Hayot” romanining mavzular koʻlami, romanda insonparvarlik gʻoyalarining aks ettirilishi yoritib be­ri­ladi. Romanda bosh qahramonlar timsolida insonning hayot mashshaqatlariga,  jasorat bilan tura olishga oʻzi­da kuch topa olganini muallif yuksak  mahorat bilan oʻquvchilarga yetkazib bera olgani koʻrsatiladi. Roman­dagi har bir obrazning oʻziga xos xususiyatlari  oʻrganilib, obrazlar orqali ifodalangan muhim gʻoyalar tahlil qilinadi. Romandagi oilaparvarlik, sodiqlik, vafodorlik, ijtimoiy, tarixiy, tarixiy-siyosiy kabi masalalar asoslab berilgan.

Загрузки

Nashr etilgan

2024-10-30

Tashkent Uzbekistan
nashriyot@tsuos.uz
Call : +998712334521