AFGʻONISTON DARIYZABON YOZUVCHISI XOLID NAVISO HIKOYALARIDA OBRAZLAR OLAMINING IFODASI Nargiza Kabirova
DOI:
https://doi.org/10.37547/ot/vol-02-01-08Muhim iboralar:
dramatizm, obraz, hikoya, urush, badiiy tasvir, afgʻon xalqi, kompozisiya, tikan.Annotatsiya
Bugungi kunda jahon adabiyotida hikoya yozish keng rivoj topgan. Badiiy adabiyotning ushbu janrida ijodkor kichik sahna orqali oʻquvchiga butun bir hayotni ochib berishga harakat qiladi. Hikoya hajm jihatidan qisqa boʻlsa-da, baʼzan katta-katta romanlar, qissalardan olinadigan narsani oʻzida ifodalab bera oladi. Mana shunday ajoyib janrda ijod qiladigan zamonaviy afgʻon adibi Xolid Naviso oʻz yoʻnalishiga ega hikoyanavisdir. Uning hikoyalarini oʻqir ekansiz oʻzingizda qandaydir tushkun kayfiyatni his qilasiz. Sababi muallif hikoyalarining koʻpchiligi kuchli dard bilan yozilgan. Odatda yozuvchilar qogʻozga oʻz boshidan oʻtganlari, atrofida boʻlayotgan voqealarni, koʻrgan-kechirganlarini tushiradi. Yozuvchi har bir hikoyasida bosh qahramon obrazini toʻla-toʻkis ochib berishga, uning atrofidagi insonlar obrazini yoritishga harakat qiladi. Mazkur maqolada Afgʻoniston zamonaviy dariyzabon adabiyoti rivojida oʻz oʻrniga ega boʻlgan, hikoyanavislik janri rivojiga hissa qoʻshgan adib Xolid Naviso hikoyalarida badiiy tasvir vositalarining ustuvorligi haqida fikr-mulohazalar keltirilgan. Yozuvchining asarlarida badiiy tasvir vositalarining yoritib berilishi, mahorat bilan jonlantirilgan obrazlar va afgʻon realistik hikoyalaridagi oʻxshash jihatlar tahlil qilingan. Xolid Naviso hikoyalari qahramonlarining fojiaviy qismati bilan tanishtirib qolmasdan, ularga nisbatan hamdardlik hissini tuyish barobarida tinchlik, osoyishtalik farovonlik singari neʼmatlarning qanchalik bebaho ekanligini anglab yetamiz. Qalbimizda biz yashayotgan zamon va makon uchun behad shukronalik joʻsh uradi. Uning hikoyalari qisqaligi, real hayotiy voqealarga asoslanganligi, shuningdek, oʻziga xos badiiy uslubi bilan ajralib turadi. X. Naviso oʻz hikoyalarida ulkan tarixiy yoki favqulotda jahonshumul hodisalarni qalamga olmaydi. Balki oddiy afgʻon odamlari qatnashgan, bir tomondan juda sodda koʻringan voqealarni qiziqarli bayon qiladi; unga mahorat bilan badiiy boʻyoq beradi. Xolid Naviso qahramonlarining aksariyati maʼnaviy qiyofasidagi oʻziga xosliklar ularning tabiatidan ham koʻra, xalq ijtimoiy hayotidagi tub oʻzgarishlar tufayli yuzaga kelishi, adib hikoyalari qahramonlarining ruhiy holatlaridagi oʻzgachaliklar tahlilga tortilgan. Har bir asarda oʻziga xos yoʻsinda tasvirlanganligi ayon boʻlishi bilan hikoyalarda afgʻon xalqi hayotida keyingi yillarda yuz bergan tub oʻzgarishlar millat ahli ruhiyatiga ham jiddiy taʼsir koʻrsatganligi oʻziga xos adabiy qahramonlarni tasvirlash orqali koʻrsatilgan.